So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Атлетико" - "Реал" ва бошқа ўйинлардан онлайн ҳисоб  41 00:39ЕЧЛ. "Боруссия" амаллади  3 00:30Россия кубоги. Аббос Файзуллаев ассист қайд этган ўйинда ЦСКАдан ғалаба  1 23:54"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" етакчисига катта маош таклиф қилди  1 23:18"Арсенал" икки ярим ҳимоячи билан шартнома имзолашга яқин  2 22:43"Нефтчи" тақдимот маросими ўтказди  11 22:17Мбаппе бугун ўйнайдими?  13 21:52ЕЧЛ. "Лилль" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  3 21:40"Манчестер Юнайтед" "биллури" сафга қайтди  4 21:20Бахтиёр Намозов ва Найим Қосимов соҳил футболи бўйича Осиё кубогига тайинлов олди  2 20:47"Челси"га "Милан" етакчиси керак  0 20:15Аморим: "Янги стадионни ўйлаётганим йўқ"  3 19:55"Олимпик" назорат учрашувида "Истиқлол"га 5 та гол урди  0 19:36Азизбек Турғунбоев жароҳати ҳақида гапирди  4 19:20Қирғиз Республикаси терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши учрашув учун жалб этилган футболчилари рўйхати маълум  3

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U-16) Minsk shahrida o'tkaziladigan "Rivojlanish Kubogi-2022" turnirida ishtirok etadi Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U-16) Minsk shahrida o'tkaziladigan "Rivojlanish Kubogi-2022" turnirida ishtirok etadi

O'smirlarimiz yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etishadi.

Server Jeparov qo'l ostidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U-16) futbolchilari 5-14 fevral kunlari Minsk shahrida o'tkaziladigan "Rivojlanish Kubogi" xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi.

Turnir g'olibligi uchun o'nta terma jamoa kurash olib boradi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqaning «B» guruhidan o'rin olgan bo'lib, Belarus (U-16), Moldova, Bahrayn va isroillik tengqurlari bilan kuch sinashishadi. 

Musobaqaning guruh bosqichidagi jamoalar o'zaro bir martadan o'yin o'tkazishadi. Guruh g'olibi final yo'llanmasiga ega bo'ladi. O'z guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar esa o'zaro bronza medali uchun bahs olib borishadi. SHuningdek, 5-6, 7-8 va 9-10 o'rinlarni aniqlash uchun ham o'yinlar tashkil qilinadi.


"Rivojlanish Kubogi-2022"

«A» guruhi: Belarus (U-17), Qozog'iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Eron.

«B» guruhi: Belarus (U-16), Moldova, Bahrayn, O'zbekiston, Isroil.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика