O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyani mag'lubiyatga uchratdi
29 avg 2021 23:53
Yangiliklar
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyani mag'lubiyatga uchratdi
O'yinning 31-daqiqasida Murodjon Komilov hisobni ochib, o'zbekistonliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limning boshiga kelib Muhammet Ali O'zbashkiji muvozanatni tikladi. Oradan 5 daqiqa o'tib, Iskandar Soliev turklar darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi. SHundan so'ng Azizbek Usmonovning goli evaziga hisob mustahkamlangandi, biroq 82-daqiqada Emirhan Kayar oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi — 3:2. O'yin shu hisob bilan yakunlandi.
"Viktor Bannikov" xalqaro xotira turniri
"B" guruhi
3-tur
O'zbekiston 3:2 Turkiya
Gollar: Murodjon Komilov 31ʼ, Muhammet Ali O'zbashkiji 48ʼ, Iskandar Soliev 53ʼ, Azizbek Usmonov 70ʼ, Emirhan Kayar 82ʼ.
O'zbekistonlik yoshlar keyingi uchrashuvni Belarusga qarshi o'tkazadi. O'yin ertaga Toshkent vaqti bilan 17:00 da bo'lib o'tadi.
Fikrlar