O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qatarni mag'lub etdi
04 sen 2015 17:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/181572_original.jpg)
![](/upload/storage/181572_220.jpg)
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qatarni mag'lub etdi
Ushbu qisqa muddatlik yig'in davomida O'zbekiston U-16 Qatar o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishib olishgandi. Ushbu o'yinlardan dastlabkisi 2 sentyabr kuni bo'lib o'tdi va unda Olimxo'jaev shogirdlari yirik hisobda g'alaba qozondi - 4:1.
Ushbu uchrashuvda zahiradan maydonga tushgan Abdunozir Abdurahmonov dublga erishgan bo'lsa, Oston O'runov va Baxromjon Soatov raqib darvozasiga bittadan gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Jamoalar 4 sentyabrda yana bir o'zaro o'rtoqlik uchrashuv o'tkazishadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
O'zbekiston U-16 - Qatar U-16 4:1
Gollar: Oston O'runov, Baxromjon Soatov, Abdunozir Abdurahmonov.
O'zbekiston U-16 asosiy tarkibi: Xojiakabar Jo'raev, Mardon Abdullaev, Ixtiyor Xoldorov, Islom Karimov, Abubakr Mo'ydinov, Oston O'runov, Baxromjon Soatov, Abdulxay Ismoilov, Rasul Yo'ldoshev, Asadbek Sobirjonov, SHuxrat Nematov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar