O'zbekiston olimpiya terma jamoasining BAA yig'ini kundaligi: Birinchi kun
17 dek 2019 14:24
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasining BAA yig'ini kundaligi: Birinchi kun
Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida o'tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Qita chempionatiga hozirlikning yakuniy bosqichini olimpiyachilarimiz Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazadi. 16 dekabr sanasida Lyubinko Drulovich shogirdlari Dubayga etib kelishdi va “Holiday Inn” mehmonxonasiga joylashdi. Tushdan so'ng esa “The Sevens” stadionida mashg'ulot o'tkazildi.
Mashg'ulot jarayoni ko'tarinki ruhda o'tdi. Yig'inga jalb etilgan barcha 23 nafar futbolchi mashg'ulotlarda jiddiy ter to'kmoqda.
Quyida terma jamoamizning BAAdagi ilk mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar