So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Lyubinko Drulovich boshqarishga yaqin Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Lyubinko Drulovich boshqarishga yaqin

Umid Ahmadjonov O'zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqarishga asosiy nomzod bo'lgan serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Lyubinko Drulovichning yordamchilari Zavisha Miloslavlevich va Neboysa Topalov ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov serbiyalik mutaxassisni yurtimizda ko'rib turganidan xursand ekanini takidlar ekan, O'zbekiston istedodlarga boy o'lka ekani, ana shu istedodlarni jamlab, 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan olimpiada musobaqasiga yo'l olish asosiy maqsad ekanini aytib o'tdi.

Buning uchun O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar yaratilib, Olimpiya terma jamoasining asosini shakllantirish ishlari allaqachon boshlab yuborilganini qo'shimcha qilib o'tdi.

Serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich O'zbekistonga tashrif buyurganidan benihoya xursand ekanini bildirar ekan, o'zbek futboli bilan yaqindan tanish ekanini, xususan, o'zbekistonlik yoshlarning shu yil Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida qanday o'yin namoyish etishgani va chempionga aylanishganidan xabardor ekanini aytib o'tdi. Agar mutaxassisga O'zbekiston olimpiya terma jamoasi topshiriladigan bo'lsa, jamoa oldiga qo'yilgan asosiy maqsad - Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun astoyidil mehnat qilishga tayyor ekanini ham takidlab o'tdi.
 
Ayni damda Lyubinko Drulovich bilan muzokaralarning so'nggi bosqichi bo'lib o'tmoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, u O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanadi.


 


Malumot uchun:  
 
Lyubinko Drulovich
Fuqaroligi
: Serbiya
Tug'ilgan sanasi: 11 Sentyabr 1968 (50 yosh)
Murabbiylik darajasi: UEFA "PRO" diplomi egasi (2007 yil)
Eng katta yutug'i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Evropa chempionatida g'oliblikka erishgan
 
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari:
1. Angola Superkubogi G'olibi – "Agosto" FK 2010-2011
2. Evropa U-19 CHempionati g'olibi – Serbiya 2013
3. "Partizan" FK bilan Evropa ligasi ishtirokchisi - 2015-2016
4. BAA U-19 bilan final qismiga yo'l olgan - 2017 yil
 
SHaxsiy yutuqlari:
Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика