O'zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat uchrashuvida durang qayd etdi
18 jan 2019 22:53
Yangiliklar
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat uchrashuvida durang qayd etdi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Mazkur yig'in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari ham o'tkazish rejalashtirilgandi.
Jumladan, bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Antaliyada Ozarbayjonning "Keshla" klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. O'yin davomida murabbiylar shtabi tarkibdagi barcha futbolchilarni sinovdat o'tkazishga harakat qilishdi. Turli o'yin uslublarini maydonda qo'llab ko'rishdi, deya xabar beradi O'FA Matbuot xizmati.
Mazkur nazorat o'yinlari orqali murabbiylar shtabi terma jamoa asosini shakllantirib borishadi.
Fikrlar