O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA yig'ini doirasidagi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi
01 jan 2020 16:10
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA yig'ini doirasidagi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz 16 dekabr – 1 yanvar oralig'ida kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishdi. Yig'in doirasida 4 ta o'rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etildi va ularning barchasida olimpiyachilarimiz g'alaba qozonishdi.
Bugun futbolchilarimiz Dubaydagi yig'in doirasidagi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi. SHu bilan olimpiya terma jamoamiz BAA yig'inini yakunladi. Bugun soat 21:40da terma jamoamiz Tailandga yo'l oladi.
Musobaqa oldidan yakuniy o'rtoqlik o'yini esa 3 yanvar kuni Bangkokda Qatar olimpiya termasiga qarshi o'tkaziladi.
Qatar bilan o'yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o'tkazadigan Songxla shahriga yo'l oladi.
Takidlash joiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qita chempionatidagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar