So’nggi yangiliklar

14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  0 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  2 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  1 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   14 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  3 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  7 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  3

O'zbekiston MTJning yaqin kelajakdagi qiyofasi, Kuper falsafasi va uslubi haqida Yangiliklar

O'zbekiston MTJning yaqin kelajakdagi qiyofasi, Kuper falsafasi va uslubi haqida

Ektor Kuperning O'zbekiston terma jamoasidagi debyuti va yaqin kelajakda biz argentinalik mutaxassis qo'l ostida qanday qiyofada o'ynashimiz haqida to'xtalib o'tmoqchiman.

Avvalambor bir narsani takidlagan bo'lardim, o'rtoqlik o'yinlari murabbiy uchun xizmat qiladi. Buni odatda ko'p aytaman va hech qachon o'rtoqlik o'yinlaridagi futbol yoki natija uchun murabbiyni tanqid qilmayman. CHunki bu kabi o'yinlarda nimalarni sinab olish, qanday taktikada o'ynash, muammoli chiziqlarni tubdan isloh qilish murabbiyning oldida turadigan eng asosiy vazifa.

Ektor Kuper ishlagan jamoalaridan odatda doim himoyani ehtiyot qilish funkciyasidan foydalangan. Ochig'ini aytish kerak, bizga kelganida ham Kuper bizda boshqacha uslub yoki taktikani tanlashiga ishonmaganman. Yani, biz ham birinchi raqamni raqibga bergan holda "ikkinchi" bo'lib o'ynashimizni tushunganman.

Yana bir gap, Kuper terma jamoamizda avlodlar almashuvini o'tkazmasligi ham ayon bo'lgan. Kuper O'zbekiston terma jamoasida qanday uslubni qo'llashi va MTJda avlodlar almashuvini amalga oshirmasligi haqida ancha avval ham o'z sahifamda yozgandim.

Endi bevosita kechagi o'yin haqida to'xtalib o'taman. Kutganimdek Suriya bilan bahsda SHukurovdan (Haydarovni kutilmagan jarohati tufayli) tashqari qolgan legionerlar Eron bilan o'yinga asraldi. Asosan o'rta va oldingi chiziqda sinovdan o'tayotgan yangi nomzodlardan iborat futbolchilar sinaldi. Suriyada bizga o'xshagan holat. Masalan Osiyoning eng kuchli futbolchisi Omar Harbin kelmadi. Yangi bosh murabbiy SHtange qo'l ostidagi debyut va terma jamoadan ilk bor taklif olgan futbolchilar. Deyarli o'xshash holat.

Uchrashuvda Kuper o'z ananasi va uslubiga sodiq qolgan holda o'yinni chuqur himoyadan qurdi. SHuni ham aytish kerakki, Kuper o'yindan oldingi matbuot anjumanida terma jamoaning bo'lajak ikki uchrashuvi hech narsani anglatmaydi. Yani xulosa qilishga shoshilmanglar yana, deb ogohlantirgandi. SHuningdek, nima uchun Suriya bilan uchrashuvdan bir kun oldin bizdan ertagayoq mo'jiza kutmanglar degani malum miqdorda oydinlashdi. Kuper Suriya bilan o'yinda tanlagan taktikasi mahalliy ishqibozlarga maqul kelmasligi bilgan va oldindan bu haqda ogohlantirgandi. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, masalan Suriyani kecha katta hisobdagi farq bilan yutganimizda ham, yoki hujumkor o'ynab, raqibni qiynab qo'yganimizda ham, buni biz mo'jizaga yuymasdik. Suriya bilan o'yinda qo'lga kiritiladigan katta ustunlik yoki yirik g'alaba - O'zbekiston terma jamoasi uchun mo'jiza emas. Janubiy Koreya, Avstraliya, Yaponiya yoki Eron bilan o'yinda bo'lsa, bu boshqa gap, unga qo'shilsa bo'ladi. Ammo biz o'z kuchimizni Suriya bilan o'yinda tekshirib, bundan eyforiyaga beriladigan darajada kuchsiz terma jamoa emasmiz. Suriya bilan o'yindagi har qanday natija, o'yin yoki hisob biz uchun ko'rsatkich emas!

Kuper o'yindan keyingi matbuot anjumanida nega himoyaviy o'yin qurganini quyidagicha izohladi:

"Men terma jamoamiz himoyada ham o'ynay olishini istayman. SHunday paytlar bo'ladiki, vaqti kelsa Suriyaga qarshi jamoalar bilan ham himoyadan o'ynashga to'g'ri kelib qolishi mumkin. SHu boisdan ham biz himoyada qanchalik yaxshi o'ynay olishimizni tekshirib olmoqchi bo'ldim. Albatta, muammolar bor, ochig'ini aytganda, muammolar men kutgandan ham ko'proq. Lekin umuman olganda, bugungi futbolchilar harakatidan malum darajada mamnun bo'ldim. Terma jamoa bilan ishni boshlaganimga atiga 12 kun bo'ldi. Jamoa hali men istayotgan yoki ulardan talab qilayotgan taktik ko'rsatmalarni, harakatlarni to'liq tushunib etmagan detallar ko'p. Buni esa asta-sekinlik bilan uddalaymiz. Men Suriya va yaqinda bo'ladigan Eronga qarshi o'yinlardan xulosa chiqarishga shoshilmasliklaringizni istardim. Muxlislardan sabr qilishni so'rayman", - dedi Kuper.

Matbuot anjumanida Kuper nega o'yinni himoyadan qurganini va nimani qo'rib olmoqchi bo'lganini tushuntirdi. Murabbiy nimani xohlayotganini va jamoani qanday qiyofada o'ynatmoqchi ekanini juda yaxshi biladi. Bu qiyofa va uslub aslida Kuper ishi bilan yaxshi tanish bo'lgan mutaxassislar, futbolchilar, jurnalistlar yoki muxlislar uchun aslida yangilik emas. Muhimi, o'sha uslubni va futbolchilardan nimani xohlayotganini o'yinchilarimizga to'g'ri tushuntirib, ularga o'z o'yin g'oyasini singdirishni uddalay olsa bo'lgani.

Men o'rtoqlik o'yinlarida yoki tayyorgarlik bosqichida murabbiyni ishi, o'yini yoki natijasini tanqid qilishni xush ko'rmayman. SHunchaki bazi detallar, o'yindagi epizod yoki tarkibdagi rotaciya bo'yicha tanqid, tahlil va fikr mulohaza yuritib ko'rish mumkin.

Ochig'i, men Kuper Suriya bilan o'yinda himoyadan o'yinni qurib, himoyada qanchalik yaxshi o'ynay olishimizni tekishirib ko'rganini to'liq oqlamayman. Nega? CHunki aslida Suriya ikkinchi raqam bilan o'ynaydigan jamoa. Himoyada chidamli, qarshi hujumda yoki standartlardan o'z omadini sinaydigan raqibga to'pni topshirib, ularni hujumga chorlash orqali mudofaamizni asl qiyofasini shakllantirish qanchalik to'g'ri yo'l, ochig'i bir narsa deyish mushkul. Kechagi o'yin, Kuperning gaplari va o'yindan oldingi matbuot anjumanida bergan savolimga javobidan shuni angladimki, endilikda biz har qanday raqib bilan ikkinchi raqam ostida o'ynaymiz. Kuperning uslubi va himoyani kuchaytirib olish orqali bizning asosiy qurolimiz bo'ladigan mudofaamizni optimal formaga kiritish maqsadida murabbiy endi har qanday bahsda himoya chizig'imiz chidamini oshirish uchun atayin kuchli raqibmi yoki kuchsizmi farqi yo'q, o'yinni nazorat qilishni ularga topshiradi. SHu orqali himoyani tartibga solish jarayoni davom etadi.

Lekin himoyani tartibga solish asosiy vazifa bo'lsa, unda o'rtoqlik o'yinlarida jamoa tanlayotganda hujumkor uslubda o'ynaydigan sparring raqiblar bilan kelishish kerak. CHunki Suriya va Eron terma jamoalari Kuper bizda qurmoqchi bo'layotgan uslubda, yani himoyada o'ynaydigan raqiblar. Ha, kecha aslida himoyadan o'ynaydigan Suriya o'z istamagan holda birinchi raqamni taqib oldi. Bir narsani tan olish kerak, garchi SHtange uchun ham kutilmagan bo'lgan bunday scenariyga raqib juda yaxshi kirishib ketdi va pozicion hujumlarni amalga oshirishda, kombinacion futbol ko'rsatishda ochig'i suriyaliklar hayron qoldirishdi. Bu o'yindan kim ko'proq ozuqa oldi degan savolga, men ikkilanmay birinchi navbatda SHtange o'zi uchun juda foydali va kerakli xulosalarga ega bo'ldi, deya olaman. CHunki Suriya kerak paytda birinchi raqamda o'ynashi mumkinligini, hujumkor uslubni ham shakllantirish uchun ularda potencial borligini SHtange anglagan bo'lishi kerak. Agarda kechagi uslub va o'yinni biz Janubiy Koreya yoki shunga o'xshash hujumkor uslubda o'ynaydigan raqibga nisbatan qo'llaganimizda, Kuper kutilganidan ko'proq jihatlarni ko'rib, o'zi uchun belgilab olardi, chamamda.

O'rtoqlik o'yinlarida natija birlamchi emas. Lekin Suriya va shunga o'xshash jamoalar bilan o'yinda, uchrashuv FIFA tasnifida o'tayotgani bois, reyting uchun ochkolarni ham unutib qo'ymaslik lozim. Bu ham qura payti jamoalarni savatchalarga ajratayotganda o'z tasirini ko'rsatadi.

Kuper muammolar ko'p deb nafaqat himoyadagi kamchiliklar, balki hujum tashkil etish va ayniqsa, oxirgi zarbani berishdagi muammolarni nazarda tutgan bo'lishi mumkin. Aslida ham terma jamoamizdagi eng katta muammo - hujum chizig'i. Hujumlarda oxirgi "nuqta"ni qo'yishda juda oqsab kelamiz. Kuperdan aslida shu muammoni echilishini kutgandik va kutamiz. Albatta, tajribali mutaxassis bu muammoni ko'rgan va bizdagi hujumchi tanqisligidan balki aynan Kuperning uslubi bizga to'liq mos tushish ehtimoli ham yo'q emas. Kuper himoyani mustahkamlagan holda o'yindagi kerakli balansni topa olsa bo'lgani. Tanganing ikkita tomoni bo'lgani kabi, Kuperning bu uslubidan ham yaxshi taraflarni izlash yoki ko'rish mumkin. Muhimi, hali aytib o'tganimdek, Kuper nimani istayotganini va o'z g'oyasi asosidagi futbolni o'yinchilarimizga to'g'ri va aniq tushuntira olishi lozim. CHunki bizning futbolchilar to'psiz o'ynashga ko'nikishmagan va tabiiyki bu uslubni uzlashtirish oson bo'lmaydi. CHunki har bir futbolchi o'zining kuchli taraflaridan foydalanishni istaydi. Kuper futbolchilarimiz ko'nikmagan uslubni tushuntirishi uchun esa vaqt kerak. Kuper bir narsani aniqlib olishi lozim chamamda, u istayotgan futbolni ko'rsatish futbolchilarimizga tushunarlimi? Ular buni qanday qabul qilishmoqda? Agarda futbolchilar ham Kuper uslubini anglab etgan holda bu ishni uddalashga ishonishayotgan bo'lsa, unda muammo yo'q. Aynan shu jihatga ham ko'p narsa bog'liq.

Kuper matbuot anjumanida futbolchi tanlayotganda avvalambor uning jismoniy holati va jamoasida ko'rsatayotgan o'yini, yani o'sha kundagi optimal sport formasiga etibor qaratishini malum qildi. CHunki u istayotgan himoyaviy o'yin qurishda, yani to'pni raqibga berib qo'ygan holda o'ynash natijasida futbolchilarimiz ko'proq kuch yo'qotishadi. SHu boisdan ham Kuper uchun asosan futbolchilarning jismoniy holat birinchi o'rinda turadigan jihat. Yana shuni aytib o'tish kerakki, Kuper o'z klubida asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmagan futbolchini ham terma jamoaga jalb etish tajribasidan foydalanishi mumkinligini inkor etmadi. Bu ham jahon futboli tajribasida mavjud. Yaqqol misol sifatida Yoaxim Lyov va Germaniya terma jamoasini keltirish mumkin. Lekin Kuperning terma jamoaga futbolchi jalb etishdagi kriteriyalarining birinchi va ikkinchisi bir-biriga qarama-qarshi. Ammo xulosa shuki, masalan qaysidir futbolchi o'z klubida asosiy tarkib futbolchisi bo'lmagan taqdirda ham Kuperning falsafiga ko'proq mos tushishi mumkin. Aynan shuni nazarda tutib Kuper o'z klubida asosiy sanalmagan futbolchiga ham tayanishi mumkinligini bildirdi.

Qo'shimcha sifatida bir narsani iltimos qilardim, bazi ishqibozlar kechagi o'yinda futbolchilar Kuperni talablarini bajara olmadi, o'ynay olmadi, unday-bunday qabilada noo'rin fikrlarni bildirishgan. Bir narsani tushuning, Kuperning uslubi bizning futbolga butkul teskari. Yangi murabbiyning qarashlari, falsafasi, taktika va uslubiga ko'nikish va o'rganib olish uchun malum vaqt kerak. O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'yinda o'zining kuchli taraflarini ishga solib emas, avval bu raqibga qarshi qo'llamagan taktikasiga asosan o'ynashga majbur bo'ldi. Futbolchilar esa maydonda murabbiy ko'rsatmasini bajaradi. Taktik ko'rsatmadan chetga chiqadigan futbolchini murabbiy kechirmaydi. Xuddi ishda ham xodimlar rahbarning ko'rsatmasi va talabidan kelib chiqqan holda ishlagani kabi.

Rossiya terma jamoasi va Stanislav CHerchesovni rus matbuoti va muxlislar shunaqangi erga urgani va o'rtoqlik o'yinlaridan keyingi xulosalari bilan ko'mib tashlagani kechagidek yodimda. O'shanda Rossiya terma jamoasiga baho berishga erta, shoshilmaslik kerak, deganida ustimdan kulganlar ko'pchilikni tashkil qilgandi. CHerchesov esa tanqidlar yomg'iri va mazmunsiz o'yinlardan keyin ham o'zi uchun etarli ozuqa olganini qayta-qayta takrorlagandi. O'shanda Rossiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinlarini barchasini juda yomon, ammo Konfederaciyalar kubogi va JCHni ajoyib o'tkazgan. Nima demoqchiman, murabbiyni norasmiy o'yindagi futboli yoki natijasi uchun tanqid qilish va unga baho berishga shoshilmaslik lozim. O'zbekiston terma jamoasining kechagi o'yinda o'zining kuchli taraflaridan foydalanmagani, mazmunsiz o'yini va murabbiyning aniq tushuntirishlari, matbuot anjumanidagi gaplari menga o'sha 1 yil avval rus matbuotidagi holatni eslatdi.

Buyog'iga terma jamoamiz butkul o'zgarmoqda, Kuper falsafasini o'rganish va ko'nikish jarayoni boshlandi. Kelasi o'yinlarda ham imkon qadar futbolchilarni qo'llab-quvvatlab, noo'rin tanqidlar yoki haqoratlar bilan siylashni bas qilsak maqsadga muvofiq bo'lardi. O'rtoqlik o'yinlari murabbiyning aniq uslubini o'zlashtirish, uni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Natija yoki o'yin sifati uchun o'rtoqlik bahslarida keskin fikr bildirish erta. SHu boisdan ham buyog'iga faqat Osiyo kubogini kutamiz. Kuper aytgan mo'jizani biz Suriya bilan o'yinda emas, balki BAAda bo'ladigan Osiyo kubogida kutishga haqlimiz. CHunki mo'jiza haqida ham janob Kuperning o'zlari so'z ochib qo'ydilar. Ungacha esa murabbiylar shtabi va futbolchilarga yangi yo'lda, katta marralarda omad tilab qolamiz!

Muallif :
Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика