O'zbekiston MTJ. Jasur Yaxshiboev ham Gruziyaga bormaydigan bo'ldi
11 noy 2021 11:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/667847_original.jpg)
![](/upload/storage/667847_220.jpg)
O'zbekiston MTJ. Jasur Yaxshiboev ham Gruziyaga bormaydigan bo'ldi
Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamizning mashg'ulotlariga kecha Jasur Yaxshiboev hamda Ibrohimhalil Yo'ldoshevlar ham kelib qo'shilishgan edi. Afsuski, Yaxshiboev ham jarohat sabab Gruziyaga bormaydigan bo'ldi. Bu haqda biroz avval O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
"Jasur Yaxshiboev yig'inga eski jarohati bilan kelgan va o'zini noqulay his qilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko'ra, uning Gruziyaga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Rustam Ashurmatov viza bilan bog'liq muammo sabab, SHahboz Umarov koronavirusga chalingani bois yig'inga kela olmagan bo'lsa, kechagi mashg'ulotdan so'ng o'zini noqulay his qilgani uchun Dostonbek Tursunov ham yig'in va o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuborishi malum bo'lgan edi.
O'zbekiston MTJ. Dostonbek Tursunov o'rniga AGMK himoyachisi chaqirildi
O'zbekiston terma jamoasi Gruziyaga 12 noyabr kuni Qozog'iston orqali yo'l oladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar