O'zbekiston MTJ Indoneziyada o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi
13 avg 2019 12:32
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ Indoneziyada o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi
Kuzda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 29 avgust – 1 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziluvchi "CHkalov Kubogi" musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi “CHkalov Kubogi” musobaqasida ishtirok etadi
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida ham yana bir xalqaro turnirda qatnashadi. 4-8 sentyabr kunlari Indoneziyada 4 ta terma jamoa ishtirokida xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Unda g'oliblik uchun Indoneziya, Iroq, Xitoy Taypeyi hamda O'zbekiston terma jamoalari bahs olib borishadi.
Musobaqa tavqimi:
6 sentyabr
Iroq – O'zbekiston
7 sentyabr
Indoneziya – O'zbekiston
8 sentyabr
O'zbekiston – Xitoy Taypeyi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar