So’nggi yangiliklar

18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  11 18:37Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  13 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  23 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  11 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4

O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi “Paxtakor”da ish boshlashga yaqin turibdi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi “Paxtakor”da ish boshlashga yaqin turibdi

Karantindan so'ng “Paxtakor” jamoasi murabbiylar shtabiga yana bir mutaxassis qo'shildi.

SHu vaqtga qadar O'zbekiston milliy terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassis Denis Ivankov klub tizimida ish boshlash arafasida. Hozirda kiperlarni shug'ullantirayotgan turkiyalik murabbiy Ibrohim Yilmaz karantinda ekanligi bois posbonlar bilan vaqtincha Denis Ivankov ishlamoqda. Buni uning o'zi ham saytimizga malum qildi. 

“Hozircha vaqtincha darvozabonlarni shug'ullantirib turibman. Keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Lekin, “Paxtakor”dan aniq taklif bor”,- deydi Denis Aleksandrovich.

Malumot o'rnida, mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida 1992, 1994-1995 yillarda “Paxtakor” safida to'p tepgan. 2006 yil malum vaqt darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlaganini ham aytish joiz. Demak, “sherlar” uning uchun begona emas.

Eslatib o'tamiz ushbu murabbiy uchun klub miqyosida ishlash birinchi marotaba bo'layotgani yo'q. Bungacha Ivankov “Mashal”, “Nasaf” jamoalarida samarali mehnat qilib ko'plab kiperlarni tarbiyalagan va katta futbolda o'z o'rniga ega bo'lishida katta hissa qo'shganligi ko'pchilik uchun sir emas.

Denis Ivankovning otasi, marhum Aleksandr Ivankov 1995, 1996-1997, 2000 yillarda “Paxtakor” jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatgan.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика