So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstriyada yig'inga kirishdi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstriyada yig'inga kirishdi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoaning ushbu yig'ini 6 – 21 iyul sanalari davomida, Avstriyada bo'lib o'tadi.

Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi Avstriyadagi yig'inga quyidagi futbolchilarni olib ketishga qaror qildi.

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf)

Himoyachilar: Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Kamoliddin Tojiev (“Paxtakor”), Akromjon Komilov (“Bunyodkor”),  Ruslan Melzitdinov (“Buxoro”), Aleksandr Merzlyakov (“Buxoro”), Akmal SHorahmedov (“Bunyodkor”)

Yarim himoyachilar: Azimjon Ahmedov (“Paxtakor”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Jamshid Boltaboev (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”) Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”) Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), SHerzod Karimov (“Paxtakor”)

Hujumchilar: Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Murodbek Bobojonov (“Neftchi”)

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 uchinchi saralash bosqichi oldidan Iroq hamda Yaman terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish borasida kelishuvi bor. Iroq bilan o'tkaziladigan nazorat uchrashuvi 24 iyul kuni, Toshketdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Yamanga qarshi kechadigan nazorat o'yini esa 24 avgustga belgilangan. Ushbu o'yin ham “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. Har ikki ucharshuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. 

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика