So’nggi yangiliklar

17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  0 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  2 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3

O'zbekiston mezbonligidagi futzal bo'yicha JCH o'yinlarining boshlanish vaqti belgilandi Yangiliklar

O'zbekiston mezbonligidagi futzal bo'yicha JCH o'yinlarining boshlanish vaqti belgilandi

Futzal bo'yicha Jahon chempionatining bu yilgi barcha 52 o'yinining boshlanish vaqtlari elon qilindi.

Deyarli barcha bahslar mahalliy vaqt bilan 17:30 yoki 20:00 da boshlanadi. Faqat dastlabki ikki kunda bittadan o'yin soat 15:00 da start oladi.

Ikki yarim final va final 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar o'tkaziladigan mundialga Toshkentdagi "Humo Arena", Buxoro va Andijon viloyatlaridagi "Universal" sport majmualari mezbonlik qiladi.

Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni potaxtdagi "Humo Arena" sport majmuasida o'tkazadi. 

Jumladan, hamyurtlarimiz 14 sentyabr kuni Niderlaniya, 17 sentyabr kuni Paragvay va 20 sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi.

"Oq bo'rilar" guruhda birinchi yoki ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqqan taqdirda ham 1/8 final o'yinini Toshkentda o'tkazadi. Faqatgina guruhda 3-o'rinni egallagan jamoa pley-offga yo'l olgan taqdirda, Buxoroga safar uyushtiradi.

14 sentyabr

O'zbekiston – Niderlandiya

"Humo Arena". 20:00

17 sentyabr

O'zbekiston – Paragvay

"Humo Arena". 20:00

20 sentyabr

Kosta Rika – O'zbekiston 

"Humo Arena". 20:00



Ushbu havola orqali to'liq taqvim bilan tanishish imkoniga egasiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика