So’nggi yangiliklar

13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   2 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  6 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  6 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2

O'zbekiston Liga Kubogi. "Paxtakor" - birinchi finalchi Yangiliklar

O'zbekiston Liga Kubogi. "Paxtakor" - birinchi finalchi

O'zbekiston Liga Kubogining yarim finalidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning onlayn natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 5-daqiqada chap qanotdan Masharipov uzatgan to'pni Dragan CHeran boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 0:1.

6-daqiqada "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilandi. 7-daqiqada Suhrob Berdiev 11 metrli jarima to'pidan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

17-daqiqada Dragan CHeranning boshi bilan yo'llagan to'pini Islomjon Abdullaev qaytardi.

24-daqiqada Masharipovning jarimadan tepgan to'pini Abdullaev yana qaytardi.

33-daqiqada CHeranning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

45-daqiqada Sergeevning boshi bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

45+2-daqiqada Odiljon Hamrobekovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi yo'l yo'lakay raqib futbolchisiga tegib darvozaga kirib ketdi - 1:2.

59-daqiqada CHeran-Sobirxo'jaev-Sergeev kombinaciyasini Igor gol bilan yakunladi - 1:3.

79-daqiqada Dostonbek Hamdamov o'tkir burchakdan gol urdi - 1:4. 

Keyingi daqiqada SHahboz Erkinov hisobni qisqartirdi - 2:4. 

85-daqiqada Erkinovning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Uchrashuvda "Paxtakor" 4:2 hisobida g'alaba qozondi va finalga chiqdi. 



Liga Kubogi, yarim final
"Qo'qon-1912" – "Paxtakor" 2:4
22 oktyabr 2019 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 15:00
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Abbos Ahrorov

Gollar: Dragan CHeran 5, - 0:1. Suhrob Berdiev 7 penalti, - 1:1. Odiljon Hamrobekov 45+2, - 1:2. Igor Sergeev 59, - 1:3. Dostonbek Hamdamov 79, - 1:4. SHahboz Erkinov 80, - 2:4.

"Qo'qon-1912": Islomjon Abdullaev, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro'ziev (Timur Hakimov, 64), Avazxon Mamatxo'jaev (Alisher Samatov, 84), Oybek Rustamov, Suhrob Berdiev, Iqbol Malikjonov, Aleksandr Merzlyakov, Jasurbek Yoqubov, Hamidullo Abduhamidov, Otabek Haydarov.
Zaxira: Muzaffar Abdullaev, Zafar To'raev, Jasur Hasanov, Timur Usmonov, SHahboz Erkinov, Marko Milich,

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov (Husniddin G'ofurov, 83), Dragan CHeran, Igor Sergeev, Egor Krimec (SHerzod Azamov, 46), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev (Vladimir Kozak, 81), Farruh Sayfiev, Marko Simich.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Humoyunmirzo Iminov, SHohruh Mahmudxojiev, Marat Bikmaev, Iborhimhalil Yo'ldoshev.

Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov 6, Oybek Rustamov 50.





Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика