So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:1 (онлайн ҳисоб)  8 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

O'zbekiston Kubogi. "Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvi oldidan Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. "Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvi oldidan

Teglar :  NasafNeftchi
Amaldagi O'zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi - “Nasaf” jamoasi yana O'zbekiston Kubogi bahslarida ishtirokini davom ettiradi.

Ushbu nufuzli musobaqaning bu yili 1/8 finali bosqichidan boshlagan jamoamiz dastlabki uchrashuvda Farg'onaning “Neftchi” jamoasini yirik 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Jamoalar endi 21 may shanba kuni javob uchrashuvida o'zaro maydonga tushadilar.

“Nasaf” – “Neftchi” juftligining g'olibi keyingi chorak finalida “Andijon” - “Qizilqum” juftligi g'olibi bilan tuqnash kelishi haqida aytib o'tish joiz. Bu juftlikning dastlabki uchrashuvi Navoiyda 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlangan. G'olib, 21 may kuni Andijonda bo'ladigan “Andijon” - “Qizilqum” uchrashuvida aniqlanadi.

O'zbekiston Kubogi-2016 chorak finalining dastlabki uchrashuvlari 5-6 iyul kunlari, javob uchrashuvlari esa 8-9 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

Jamoamiz O'zbekiston Kubogi finalida 2003, 2011, 2012, 2013 va 2015 yillarda ishtirok etgan va 2015 yili ushbu nufuzli sovrinni qo'lga kiritgan.

Raqibimiz “Neftchi jamoasi o'z tarixida etti marta 1994, 1996, 1997, 1998, 2001, 2002 va 2005 yillar O'zbekiston Kubogi finalida ishtirok etgan va ikki marta 1994 va 1996 yillar O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan. “Neftchi” jamoasi so'nggi marta 2005 yilda finalga yo'llanma olgan va kichik 1:0 hisobida “Paxtakor” jamoasiga mag'lub bo'lgan edi.

Quyida mazkur jamoalarning 26 mart kuni Farg'ona shahrida bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvi qaydnomasi bilan tanishing:

O'zbekiston Kubogi-2016. 1/8 finali dastlabki uchrashuvi

26.03.2016. Farg'ona sh., “Istiqlol” stadioni

“Neftchi” (Farg'ona)  - “Nasaf” (Qarshi) - 1:4.  5206 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Nomozov (Toshkent) – 8,5, R. Fozilov (Namangan) – 8,4, M. Majidov (Namangan) – 8,4, R. Kopadze (Fergana) – 8.0.
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).
Gollar:  A. Maxsataliev (24) – A. Allaniyozov (10, 64), E. Boydullaev (15), B. Abdurahimov (78).
Ogohlantirish:
M. Ubaydullaev (Neftchi, 35).

Navbatdagi  uchrashuvni bosh hakam sifatida yaqinda 31 yoshini nishonlagan Ahrol Risqullaev boshqaradi. Qiziqarlisi, ushbu hakam futbolchi sifatida 2011 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan. Ahrol Risqullaev 29-raqamda markaziy himoyachi sifatida jamoamiz safida maydonga tushgan. Bungacha sobiq futbolchi “Navbahor” va “Qizilqum” jamoalarida ham faoliyat yuritgan bo'lib, 2012 yilgi mavsumdan “Dinamo” o'yinchisiga aylangan edi. A.Risqullaevning shu yili O'zbekiston Kubogi 1/8 finalining Muborakda bo'lib o'tgan “Mashal” – “So'g'diyona” 1:1 dastlabki uchrashuvini ham boshqarganini eslatib o'tamiz.

2014 yildan hakamlik faoliyatini boshlagan Ahrol Risqullaev bu yilgi mavsumdan oliy liga jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni boshqarmoqda

Ushbu hakam endi ilk marta “Nasaf” jamoasi ishtirokidagi rasmiy o'yinda bosh hakamlik qiladi.

O'zbekiston Kubogi – 2016. 1/8 finali javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg'ona)
21.05.2016. Qarshi sh., “Markaziy” stadioni. Soat 19:30da
Bosh hakam:
Ahrol Risqullaev (Toshkent)
Qanot hakamlari: SHavkatjon Fayziev (Jizzax), Sardor Hakimov (Samarqand vil.)
Zaxira hakami: Komiljon Rasulov (Qashqadaryo vil.).
 

Endi O'zbekiston Kubogi-2016ning  1/8 finali dastlabki uchrashuvlari natijalarini eslatib o'tamiz:
25.03.2016

“Navbahor” – “Qo'qon-1912” 0:1
“Qizilqum” – “Andijon” 2:2
“Metallurg” – “Olmaliq” 1:0
“Mashal” – So'g'diyona” 1:1
“O'zDongJu” – “Lokomotiv” 1:4

26.03.2016
“Obod” – “Bunyodkor”  2:2
“Neftchi” - “Nasaf”  1:4

18.05.2016
“Paxtakor” – “Buxoro” 0:1

 

O'zbekiston Kubogi-2016. 1/8 finali javob uchrashuvlarining bo'lib o'tadigan sanalari bilan tanishing:
21.05.2016

“Qo'qon-1912” – “Navbahor”
“Andijon” – “Qizilqum”
“Nasaf” – “Neftchi”
“Obod” – “Bunyodkor”
“Olmaliq” – “Metallurg”
“So'g'diyona” – “Mashal”

22.05.2016
“Buxoro” – “Paxtakor”

08.06.2016

“Lokomotiv” – O'zDongJu”

Yuqorida aytib o'tganimizdek O'zbekiston Kubogi-2016  1/4  finali dastlabki uchrashuvlari 5-6 iyul kunlari, javob uchrashuvlari esa 8-9 iyul kunlari bo'lib o'tadi. CHorak finalida kimlar tuqnash kelishadi?  Quyida bo'lajak juftliklar bilan tanishing:


”Buxoro” - “Paxtakor” (g'olibi) / “Qo'qon-1912” – “Navbahor” (g'olibi)
“Andijon” – “Qizilqum” (g'olibi) / “Nasaf” – “Neftchi” (g'olibi)
“Obod” – “Bunyodkor” (g'olibi) / “Metallurg” – “Olmaliq” (g'olibi)
“So'g'diyona” – “Mashal” (g'olibi)  / “Lokomotiv” – O'zDongJu” (g'olibi)

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi “Markaziy” stadionda  21 may  shanba  kuni soat 19:30da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика