So’nggi yangiliklar

22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  5 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  2 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  5 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  7 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  1 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13 16:25Расман: Сидиқов "Қўқон-1912"га қайтди  3 16:07"Манчестер Юнайтед" Бундеслигада ишлаётган мураббийни кузатмоқда. У аввалроқ "Челси" шорт-листида бўлган  2

O'zbekiston kubogi. "Iftixor" 1/16 finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Iftixor" 1/16 finalga chiqdi

Bugun mamlakatimizning ikki shahrida O'zbekiston Kubogi bahslariga start berildi.

Toshkent viloyatida joylashgan “Do'stlik” stadionida 1\32 finaldan o'rin olgan “Nurafshon” – “Iftixor” uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu O'zbekiston yoshlar ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” professional futbol klubining debyut uchrashuvi edi.

O'yin kutilganidek shiddatli kurashlar ostida boshlandi. 13 daqiqada mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. “Nurafshon” azosi Farrux SHotursunov yuzaga kelgan imkoniyatdan samarali foydalandi.

Birinchi bo'limning qolgan daqiqalarida har ikki jamoa harchand urinmasin, darvozalarga boshqa gol kiritlmadi.

Ikkinchi taymni mehmonlar faollik bilan boshlashdi. 54-daqiqada "Iftixor" futbolchilari ijrosidagi kombinaciya gol bilan yakunlandi. Mansur Saidov o'zining ajoyib uzatmasi bilan Oyatullo Muhiddinovni birga-bir vaziyatga chiqardi. Hujumchimiz esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi. Hisob tenglashgach, tashabbus to'liq "Iftixor" tomoniga o'tdi.
69-daqiqada himoyachining xatosidan unumli foydalangan zaxiradan maydonga tushgan tajribali Akmal Xolmatov mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

82 daqiqada tajribali Akmal Xolmatov jarima to'pini qoyilmaqom tarzda ijro etib, g'alabani mustahkamladi. Xolmatov o'zining super goli bilan hamon jarima to'plarini maromiga etkazib tepa olishini isbotladi.

SHu tariqa "Iftixor" O'zbekiston kubogidagi yurishini ajoyib g'alaba bilan boshladi. Kubok doirasidagi keyingi o'yin 16 aprel kuni “Yozyovon” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Kubogi
 1/32 final
“Nurafshon” - “Iftixor” – 1:3 (1:0)
Hakamlar:
O. Tolibjonov, S. Eremeev, N. Afinogenov, D. Jalimov.
Nazoratchi: A. Abdullaev.
Gollar: Farrux SHotursunov 13. – Oyatullo Muhiddinov – 54, Akmal Xolmatov – 69, 82.
“Nurafshon”: 1. Ravshan Yagudin, 3. Abbos Iboilov, 4. Dilmurod Qodirov, 7. Doston Abdurahmonov, 8. Doston Bahromov, 10. Murod Rajabov, 15. Rasul Komilov, 19. Ruslan Vagapov, 27. Murod To'ychiboev, 70. Farrux SHotursunov, 77. Elbek Ravshanov.
Zaxira: 35. Abdukarim Muhamedov, 2. Nurjas Kabarov, 13. Ruslan Beklich, 14. Dilshod Fayziev, 17. Muhammadodil Qahramonov, 21. Sardor Rasulov, 33. Orifxo'ja Abduxoliqov.
“Iftixor”: 1. Ilhom Jumanov, 3. Hasanboy Ergashev, 7. Mansur Saidov, 9. Oyatullo Muhiddinov, 11. Umid Qodirov, 13. Umid Matmusaev, 14. Muhiddin Yusupov (21. Nodir Yuldashev-88), 20. Asror Tilovoldiev, 22. Orif Mamajonov (Akmal Xolmatov-58), 77. Said Abdujabborov (17. Farrux Axunov-85), 90. SHerzod Hakimov (10. Dilmuhammad Xudoyberdiev-46).
Zaxira: 16. Xurshid Muhamadov, 6. Asad Mamurov, 18. Asad Komilov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика