So’nggi yangiliklar

18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  0 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  0 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  9 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  7 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  2 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  5 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11

O'zbekiston Kubogi finali terma jamoa o'yini kuni bo'lgan ekan Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi finali terma jamoa o'yini kuni bo'lgan ekan

Teglar :  O'zbekiston kubogi
Taniqli o'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida birinchi O'zbekiston Kubogi finali haqidagi qiziq voqeani esladi.

"Birinchi O'zbekiston Kubogi finali 1992 yil 25 oktyabr kuni Samarqandda bo'lib o'tgan. Aynan shu kuni O'zbekiston terma jamoasi Ashhobodda Markaziy Osiyo Kubogi doirasida uchrashuv o'tkazgan. Jurnalistlar Kubok finali nega bu sanaga qo'yilganini so'rashganda, futbol federaciyasi vakillari va terma jamoa bosh murabbiyi Rustam Akramovning javoblari bir-biriga teskari bo'lgan.

Federaciyadagilar bosh murabbiy bunga qarshi bo'lmaganini, uning jamoasi "Navbahor" va Qo'qon klubi o'rtasida bo'ladigan final ishtirokchilarisiz raqibni mag'lub eta olishi haqida gapirganini aytishgan. O'sha paytda terma jamoaning har bir yig'iniga "Navbahor"dan 3 (Ulug'bek Ro'zimov, Azamat Abduraimov va Rustam Zabirov) va Qo'qon jamoasidan 1 nafar futbolchi (Rustam Abdullaev) chaqirilar edi.

Rustam Akramov esa boshqa gaplarni aytgan. Uning so'zlariga ko'ra, federaciya murabbiyning fikri bilan qiziqmagan. Natijada terma jamoa Ashhobodda mag'lubiyatga uchragan.

Nega bunday bo'ldi? Finalni boshqa kun o'tkazishning iloji yo'qmidi? Avvaliga final sanasi boshqacha bo'lgan. O'yin avgustda o'tishi kerak edi. Uchrashuvga "Paxtakor" stadioni mezbonlik qilishi kerak bo'lgan. Biroq o'yin xavfsizlik nuqtai nazaridan boshqa sanaga ko'chirilgan. Xavfsizlik xizmati vakillari "Paxtakor" stadioni hukumat binosiga yaqinligini xavfli deb hisoblashgan. Bu sabab tufayli "Paxtakor"ning ikkinchi davradagi o'yinlari ham boshqa arenada o'tkazilgan. "SHerlar" noyabrgacha raqib jamoalarni Qibrayda qabul qilgan.

Federaciya fikriga ko'ra, 25 oktyabr - finalni o'tkazish uchun yagona kun bo'lgan. O'sha paytdagi rahbariyat chempionat taqvimini o'zgartirib bo'lmaydi deb hisoblagan. Finalning ko'chirilishi yana bir muammoni tug'dirdi. Qo'qon jamoasi final oldidan uyida "Orol" bilan o'ynashi kerak edi. O'sha uchrashuvni sariq kartochkalar tufayli qo'qonliklarning to'rt futbolchisiz o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan: Darvozabon Osmanov, yarim himoyachilar Atoyan va Rahmonqulov hamda hujumchi Abdullaev.

O'sha yili reglamentda ikkita o'yinda qatnashmagan jamoa diskvalifikaciya qilinishi haqida band yo'q edi. "Orol"da moliyaviy muammolar borligi tufayli, Kosonsoy va Qo'qonda bo'ladigan o'yinlarga bormagan. O'sha paytlarda qo'qonliklar jamoasining nomi "Temiryo'lchi" bo'lgan. Klub rahbariyati Nukus klubiga qo'qonliklar hisobidan poezdga biriktirilgan vagonda kelishni taklif qiladi. Ammo "Orol" taklifni rad etadi. Bu qarorda "Navbahor" vakillarining tasiri bo'lishi mumkin. CHunki Qo'qon jamoasi finalda 4 muhim futbolchisiz o'ynashi kerak bo'lardi.

Qo'qon klubi federaciyaga murojaat qilib, diskvalifikaciya qilinganlarni maydonga tushirish haqida ruxsat so'raydi. Vajlar quyidagicha bo'lgan:

- Final muddati o'zgarmaganda bu futbolchilar chetlatilmagan bo'lardi

- "Orol" chempionat o'yinini o'tkazganda, futbolchilarning diskvalifikaciyasi yakunlanardi

Federaciyadagilar bu dalillarni hisobga olib, to'rt futbolchiga finalda maydonga tushishga ruxsat berishdi.

Biroq ular chempionatning keyingi o'yinini o'tkazib yuborishdi. Ular taqdir taqozosi bilan "Paxtakor" mehmoni bo'lishdi. Ammo bu boshqa hikoya".


1992 yil, 25 oktyabr

"Navbahor" - "Temiryo'lchi" 0:0 (6:5 pen. seriyasi)


Turkmaniston - O'zbekiston 1:0

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика