So’nggi yangiliklar

12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" yarim finalga, "Nasaf" finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" yarim finalga, "Nasaf" finalga chiqdi

Teglar :  MetallurgBunyodkor
O'zbekiston kubogining yarim finalidan o'rin olgan "Buxoro" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tmoqdi.

"Metallurg" - "Bunyodkor", birinchi taymda o'yin surati unchalik yuqori bo'lmadi. Jamoalar asosan maydon markazidagi ustunlikni qo'lga olish harakatini qilishdi. Tashabbus qisman mehmonlar tomonida bo'ldi. Ikkala jamoa ham asosiy etiborni olis masofadan zarbalarga qaratishdi. Hisob esa ochilgani yo'q - 0:0. 

Ikkinchi taymda o'yin surati biroz oshdi. Jamoalardagi o'yinchi almashtirishlari bunga asos bo'ldi. Ammo bugun himoya chizig'i vakillari hujumchilarga nisbatan ishonchli o'ynashmoqda. Uchrashuv oxirigacha hisob ochilmadi va "Bunyodkor" ikki o'yin natijasiga ko'ra yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa yarim finalda "Lokomotiv" bilan o'ynaydi.


O'zbekiston kubogi. 1/4 final
Javob bahsi. 21 sentyabr (chorshanba)
16:00 - Metallurg (Bekobod) – Bunyodkor (Toshkent) 0:0
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), N. Ruzimov (Tashkent), T. Gaynulin (Tashkent), A. Rubakov (Tashkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

"Metallurg": 91.Zafar Safoev, 4.Hikmat Hoshimov, 8.Ayubxon No'monov (9.Farhod Namozov, 50), 11.Farrux SHotursunov (27.Muhammadodil Qahramonov, 82), 14.Davronbek Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 20.Ulug'bek Xudoyberdiev, 22.Murodjon Toshmatov (19.Ergash Ismoilov, 46), 23.SHerzod Jalilov, 70.Jahongir Abdumo'minov, 77.Saidjon Abdujabborov.
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 5.Jasur Ahmedov, 21.Sardor Rasulov.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.Akrom Komilov, 8.Javlon Ibrohimov (9.Sato Minori, 57), 11.SHahzodbek Nurmatov, 17.Dostonbek Hamdamov, 21.Sardorbek Azimov (10.Eldor SHomurodov, 65), 23.SHohruh Gadoev, 29.Otabek SHukurov, 30.Yurica Bulyat, 71.Aleksandr Alempievich (22.Rustamjon Ashurmatov, 80).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Bahodir Nasimov, 16.Dilshodbek Ahmadaliev, 19.Zabihillo O'rinboev,.

Ogohlantirishlar: Farhod Namozov, Hikmat Hoshimov  – Akromjon Komilov, Sardorbek Azimov.

Birinchi o'yin: 1:3

--------------------------


Buxorodagi o'yin boshlandi. 26-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Ognen Krasich qizil kartochka oldi. 37-daqiqada Dragan CHeran hisobni ochdi - 0:1. Bahsning 58-daqiqasida Vadim CHemirtan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Doniyor Narzullaev "ajdarlar"ni oldinga olib chiqdi - 1:2. SHunday qilib, "Nasaf" ikkala o'yinda ham "Buxoro"ni mag'lub etib finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

1/2 final. Javob bahsi
21 sentyabr (chorshanba)
18:00 - Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi) 1:2
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Sadov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Gollar: Dragan CHeran 37, - 0:1. Vadim CHemirtan 58, - 1:1. Doniyor Narzullaev 85, - 1:2.

“Buxoro”: 1.Muhiddin Xudoyorov, 8.Salamat Quttiboev (7.Suxrob Nematov, 54), 10.SHavkat Salomov, 11.Sanat SHixov (71.Anvar Rajabov, 79), 16.Artyom Filiposyan, 18.Bahodir Pardaev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 70.Vadim CHemirtan, 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanoev, 93.Maksimilian Fomin.
Zaxira: 30.Asilbek Amanov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 19.Jasur Hasanov, 55.SHavkat Mullajonov,  97.Kamoliddin Murzoev.

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 7.SHuhrat Muhammadiev, 18.Bahrom Abdurahimov (38.Doniyor Narzullaev, 79), 22.Igor Golban, 23.SHerzod Azamov (s), 24.Ognen Krasich, 28.Fozil Musaev, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Odil Hamrobekov (5.Ildar Mamatkazin, 89), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan CHeran (21.Azamat Allaniyozov, 88).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 15.SHaxboz Erkinov, 42.Najmiddin Normurodov.

CHetlatish: Ognen Krasich 26

Birinchi o'yin: 0:2

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика