So’nggi yangiliklar

16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  0 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  2 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  2 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  4 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  4 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  5 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  2 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  11 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  3

O'zbekiston Kubogi-2016. “Nasaf” – “Buxoro”. Prevyu Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi-2016. “Nasaf” – “Buxoro”. Prevyu

Amaldagi O'zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi – “Nasaf” jamoasi yana kubok uchun bahslarni davom ettiradi.

"Nasaf” bu yilgi kubok uchun kurashdagi yarim finalning dastlabki uchrashuvini o'z maydonida 22 avgust dushanba kuni Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

“Nasaf” va “Buxoro” jamoalari bungacha O'zbekiston kubogi yarim finalida 2012 yili tuqnash kelishgan. O'sha yili chorak finalda “Buxoro” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan ustun kelib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, jamoamiz Bekobodning “Metallurg” jamoasi ustidan umumiy 5:4 hisobida ustun kelib yarim finalga etib kelgan edi.

O'sha yili ham yarim finalning dastlabki uchrashuvi 22 avgust kuni Qarshi shahrida bo'lib o'tgan va jamoamiz ushbu uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarni Alisher Yusupov va Artur Gevorkyanlar kiritgan. 25 noyabr kuni Buxoroda bo'lib o'tgan yarim final javob uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangan va umumiy 5:3 hisobi orqali jamoamiz O'zbekiston Kubogi-2012 final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Jamoalarning kubok bahslaridagi ishtiroki

“Buxoro” jamoasi bungacha o'z tarixida uch marta 2001, 2004 va 2012 yillar yarim finalda ishtirok etgan. Bu yil raqibimiz to'rtinchi marta yarim finalda ishtirok etmoqda.

“Buxoro” jamoasi bu yilgi yarim final yo'llanmasi uchun chorak finalda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bahs olib borgan. Ular Qo'qonda bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etishgan bo'lishsa, o'z maydonida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida 2:0 hisobida zafar quchishgan va yarim finalga yo'lanma olishgan.

Jamoamiz bungacha O'zbekiston kubogi finalida 5 marta ishtirok etgan va 2015 yilda ushbu billur sovrin sohibi bo'lgan.

"Nasaf" chorak finalda “Andijon” jamoasi bilan kurash olib bordi va Andijonda bo'lgan dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobi, Qarshida bo'lgan javob uchrashuvida 2:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga chiqqan edi.

Uchrashuv hakamlari

O'zbekiston Kubogi-2016 yarim final dastlabki uchrashuvini FIFA hakami Vladislav Ceytlin boshqaradi.

O'zbekiston kubogi, ½ finali dastlabki uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)

22.08.2016. “Markaziy” stadion. Soat 20:00da

Bosh hakam: Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Capenko (Toshkent vil.)
Zaxira hakami: Naim Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).

Vladislav Ceytlin bu yilgi futbol mavsumida jamoamiz ishtirokidagi ikki uchrashuvni boshqargan.

O'zPFL 2-tur. 11.03.2016 y.
“Olmaliq” (Olmaliq) - “Nasaf” (Qarshi) 1:3

O'zPFL 6-tur. 24.04.2016 y.
“Buxoro” (Buxoro) – “Nasaf” (Qarshi) 0:2  

Yarim final javob uchrashuvi sanasi

Mazkur jamoalar o'rtasidagi  O'zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvi 21 sentyabr chorshanba kuni Buxoro shahrida bo'lib o'tadi.

Barcha futbol ishqibozlarini bugungi uchrashuvda jamoamizni qo'llab-quvatlash uchun stadionimizga chorlab qolamiz.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика