O'zbekiston Kubogi-2016 finali uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
24 noy 2016 11:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/228746_original.jpg)
![](/upload/storage/228746_220.jpg)
O'zbekiston Kubogi-2016 finali uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
Final uchrashuvining boshlanish vaqti 13:00ga belgilangan.
Qarshining “Nasaf” jamoasi allaqachon final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Jamoamizning finaldagi raqibi “Bunyodkor”/”Lokomotiv” jamoalarining yarim final javob uchrashuvidan keyin aniqlanadi. Ushbu uchrashuv 26 noyabr shanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 14:00da boshlanadi.
Final uchrashuvi tashkilotchilari tomonidan uchrashuvga hozirdan chiptalar tayyor qilindi. Qashqadaryolik futbol ishqibozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, ushbu chiptalar bugundan Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion chiptaxonalari orqali sotuvi boshlandi. CHiptalar narxi 10 000 so'mdan qilib belgilangan.
Aziz futbol ishqibozlari chiptalar miqdori chegaralangan bo'lib, Qarshida 27 noyabrgacha sotiladi.
SHu munosabat bilan yil o'yini hisoblangan – O'zbekiston Kubogi-2016 final uchrashuviga chipatalarni xarid qilishga shoshiling.
“Nasaf” PFK mamuriyati
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar