So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

O'zbekiston klublari vakillari Madridda Yangiliklar

O'zbekiston klublari vakillari Madridda

Teglar :  PFL La Liga
O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasi o'rtasida 2020 yilga qadar mo'ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangandi.

Ushbu memorandumga ko'ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, translyaciyalar va boshqa ko'plab masalalar bo'yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo'lishgan va o'zaro hamkorlik doirasida qator loyihalar amlga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 6-8 may kunlari O'zbekiston Professional futbol ligasi mutaxassislari hamda Superliga klublarining marketing, xalqaro aloqalar bo'limlari xodimlari uchun Ispaniya poytaxti Madrid shahrida o'quv-seminari tashkil etilmoqda. Seminarning ilk kunida o'zbekistonlik mutaxassislar “Real Madrid” klubi qarorgohida maruzalar tinglashdi. Dastlab “Real Madrid” klubining strategik rivojlanish bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat yuritgan Xose Ramon Kapdevilya o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi. So'ngra “Real Madrid” klubining 2006-2009 yillardagi prezidenti Ramon Kalderon seminarni olib bordi. Klub boshqaruvi tizimida ulkan tajribaga ega bo'lgan ushbu mutaxassis asosan klub menejmenti, klubni iqtisodiy tang ahvoldan qanday olib chiqish, klubning o'z xarajatlarini o'zi qoplashi uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan choralar, homiylar bilan samarali ishlash bo'yicha taqdimot o'tkazdi.



Seminar davomida, shuningdek, futbol sanoatining hozirgi darajada rivojlanishida klub va liganing o'rni, klublarda marketing sohasini rivojlantirish, klublarga saviyali legionerlarni jalb etishdagi muhim omillar, qolaversa, liga nufuzi va ommabopligini oshirishda mashxur futbolchilardan unumli foydalanish kabi masalalar muhokama etildi.



Bugun o'zbek mutaxassislari “Real Madrid” akademiyasiga tashrif buyurishadi va akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishishadi. SHuningdek, kunning ikkinchi yarmida La liga klublari vakillari bilan qator uchrashuvlar tashkil etiladi va o'zaro aloqalarni mustahkamlash, dunyoning ilg'or mamlakati bo'lgan Ispaniya klublarining futbolda erishgan yutuqlari va tajribalarini o'zbek klublarida ham tatbiq etish bo'yicha fikrlar almashilishi ko'zda tutilgan.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика