

"Barselona" hujumchi Ansu Fati bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, deb xabar berdi "Mas Que Pelotas" jurnalisti Adrian Sanches.
Xabar qilinishicha, Kataloniya klubi 21 yoshli Fati jamoada o'zini ko'rsatish uchun yana bir imkoniyatga loyiq deb hisoblamoqda. Shunday ekan, forvard yangi mavsumni "Barselona" safida boshlashi mumkin.
Ansu Fati 2023/24 yilgi mavsumni ijara asosida Angliyaning "Brayton" klubida o'tkazdi va u yerda 30 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.



