Parij-2024. O'zbekistonning Ispaniyaga qarshi qanday libosda maydonga tushishi malum
23 iyu 2024 20:49
Yangiliklar
Parij-2024. O'zbekistonning Ispaniyaga qarshi qanday libosda maydonga tushishi malum
O'zbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Parij Olimpiadasidagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Mazkur o'yinda Timur Kapadze shogirdlari to'liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni esa afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Beida Dahane (Mavritaniya), unga qanotlarda Jerson Santos (Angola) va Stefan Yiembe (Keniya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Dryuv Fischerga (Kanada) topshirilgan. Lahlo Benbraham (Jazoir) esa VARda faoliyat olib boradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Ispaniya o'rtasidagi o'yin 24 iyul kuni soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar