O'zbekiston-Iroq uchrashuvi Iordaniyadan matnli translyaciya qilinadi
09 sen 2019 19:27
Yangiliklar


O'zbekiston-Iroq uchrashuvi Iordaniyadan matnli translyaciya qilinadi
Xabaringiz bor, o'rtoqlik maqomi ostida kechadigan vakillarimiz va iroqliklar o'rtasidagi bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Ushbu o'yinni Sport TV kanali texnik muammo sababli jonli efirda namoyish eta olmasligi haqida biroz avval xabar berib o'tgandik. Championat.asia sayti siz aziz futbol ishqibozlari uchun mazkur uchrashuvni yoritib borishni maqsad qilgan. Iordaniyada bo'lib turgan muhbirlarimiz onlayn matnli translyaciya orqali o'yin tafsilotlarini etkazib turishga harakat qilishadi.
SHunday ekan saytimizni kuzatishda davom eting!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar