So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

O'zbekiston futzal Associaciyasi yosh sportchilar uchun tanlov elon qiladi Yangiliklar

O'zbekiston futzal Associaciyasi yosh sportchilar uchun tanlov elon qiladi

Xabaringiz bor, bu yil ilk bor futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa 16-26 may kunlari Tailand mamlakatida o'tkaziladi.

O'zbekiston futzal Associaciyasi ana shu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida yosh o'yinchilar uchun tanlov elon qiladi. Tanlovda 1997, 1998 va 1999 yillarda tug'ilgan yoshlar qatnashishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun faqatgina Toshkentga kelish talab etiladi.

Tanlov 11 mart kuni Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Uni O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezning shaxsan o'zi o'tkazadi. Ispaniyalik mutaxassis kun davomida ishtirokchilarni turli xildagi mashqlar va test-sinovlari orqali ko'zdan kechiradi. Tanlovda o'zini ko'rsatganlar saralab olinadi va keyinchalik futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasi yig'iniga jalb etilishi mumkin.

Bugungi kunda futzali rivojlangan mamlakatlar bu metodikadan doimiy tarzda foydalanib kelmoqda.

Tanlovda mamlakatimizning istalgan hududidan yoshlar qatnashishlari mumkin. 11 mart kuni Toshkentdagi "O'zbekiston" majmuasida 10:00dan boshlanadigan tanlovda o'zingizni ko'rsating va sizda futzal bo'yicha yoshlar terma jamoasi azosiga aylanish imkoni paydo bo'ladi.

P.S. Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o'zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib kelishlari lozim.


Murojaat uchun telefonlar:
+99894 6323366
+99893 1814111

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика