So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  9 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  4 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  10 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  4 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

O'zbekiston futbol associaciyasi Osiyo futbol konfederaciyasiga ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasi Osiyo futbol konfederaciyasiga ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi

Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederaciyasi Prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa kuni kecha mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif davomida qita futbol uyushmasi rahbari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev qabulida bo'ldi. 

SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Osiyo futbol konfederaciyasi O'zbekiston bilan keng ko'lamli sheriklikni rivojlantirishda qatiy ekani hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini takidladi. 

OFK va O'FA o'zaro do'stona munosabatlarining dastlabki boskichlarida 4 yillik qisqa mudlatli va 8 yillik uzoq muddatli xamkorlik strategiyasi ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan bo'lib, bu reja bosqichma-boqich tizimli rivojlanishni nazarda tutadi.

Osiyo futbol konfederaciyasining U-19 Osiyo chempionati mezbonligini O'zbekistonga ishonib topshirishi esa o'zaro ishonchli munosabatlarning natijasi, deb baholash mumkin. 

O'zbekiston futbol associaciyasi mana shunday ishonch uchun Osiyo futbol konfederaciyasiga minnatdorchilik bildiradi. SHubxasiz, ushbu yirik musobaqa o'zbek futboli nufuzining yanada ortishi, futbol infratuzilmasining yaxshilanishi va muxlislarning futbolga bo'lgan qiziqishini yanada ortishiga xizmat qiladi.  

O'z navbatida O'FA 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun bor imkoniyatni safarbar etadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика