O'zbekiston – Filippin uchrashuvini yaponiyalik Sato Ryuji boshqarib boradi
19 mar 2016 16:38
Yangiliklar


O'zbekiston – Filippin uchrashuvini yaponiyalik Sato Ryuji boshqarib boradi
Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi O'zbekiston – Filippin uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uchrashuv bosh hakami sifatida Sato Ryuji tayinlangan. Unga qanotlarda Sagara Toru hamda Ochi SHinji yordam beradi. To'rtinchi hakam – Pu Udom Sivakorn (Tailand).
Uchrashuv inspektori sifatida qirg'izistonlik Viktor Kolpakov faoliyat olib boradi. Kommissar – Muhammadrizo Kasray (Eron).
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Filippin uchrashuvi 24 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar