So’nggi yangiliklar

18:26Эрон чемпионати. "Персеполис" - "Истиқлол": Машарипов захирада, Ўрунов эса...  0 16:43Дуайт Йорк: "31 ёшли Погба МЮнинг бутун ярим ҳимоясидан яхшироқ формада"  9 16:19"Бавария" фикридан қайтиб қолди  5 15:30Салах "Олтин тўп" ҳақида: "Баъзида ҳолатга ташқи таъсир бўлиши мумкин"  32 15:06Рубен Аморим: "МЮ футболчилари танқидни кўнглига яқин олиб юборяпти"  1 14:36Дрогба Моуриньо ҳақида: "Қанақасига менинг "отам" ирқчи бўлиши мумкин?"  7 12:45Вальдано: "Пулдорлар келиб, футбол анча ўзгарди"  1 12:17Артета: "Чемпионлик пойгасидаги вазият 3 ой аввал қандай бўлса, ўшандайлигича қолмоқда"  7 11:54"FourFourTwo" жаҳон футболидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди  20 11:33Салоҳ: "Мухлислар доим ёдда тутишини истардим, мен улар учун боримни бердим"  4 11:00Шомуродовнинг триумфи: А Серияда 26-тур якунлари  0 10:53«Рома»ни янги мавсумда бошқаришга асосий даъвогар маълум  12 10:22"Манчестер Сити" ҳимоячиси расман қанча муддатга сафдан чиққани маълум қилинди  2 09:56Sofascore. Шукуров энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:53ЦСКА аргентиналик футболчини сотиб олишга яқин  1

O'zbekiston kubogi. "Navbahor" chempionat etakchisi ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Navbahor" chempionat etakchisi ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Navbahor" bahsi yakunlandi.

O'zbekiston kubogi

1-tur

Hakamlar: Vadim Agishev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

Komissar: Sardor Qudratullaev

"Qizilqum" – "Navbahor" 0:2  

Olmaliq. OKMK stadioni

Gollar: Elguja Grigalashvili 11', Boyan Ciger 33'

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yuldashev, 6.Erkin Baydullaev, 7.Sanjar SHoahmedov (32.Ilhom Kenjaev, 87), 10.Temurxo'ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanisavlevich (17.Salim Mustafoev, 81), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.SHerali Jo'raev (18.Jasur Azimov, 81), 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 88.Artyom Dmitriev (43.Seun Paul Komolafe, 68)

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 5.Timur Nabiev, 8.SHahzod Turopov, 14.Fayzulla Qambarov, 25.Azizbek Usmonov  

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger, 6.Rustam Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 19.Nurillo To'xtasinov, 23.Yovan Jokich (22.Igor Golban, 80), 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 30.Elguja Grigalashvili, 33.Zoran Marushich

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 9.Ibrohim G'anixonov,11.Islom Kenjaboev,17.Ehsoni Panshanbe, 64.Muzaffar Mo'minov, 70.Muhammadbobur Mo'ydinov, 77.Asadbek Sobirjonov, 99.Andrey Sidorov.

Ogohlantirishlar: Yovan Jokich (22), Oleg Zoteev (26), Artyom Dmitriev (32), Temurxo'ja Abduxoliqov (36), Boburbek Yuldashev (89).

 MATNLI TRANSLYACIYA

O'YIN YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Boburbek Yuldashev bildirgan etirozi tufayli ogohlantirish oldi. 

87. "Qizilqum"da navbatdagi o'zgarish: SHoahmedov o'ringa Kenjaev bahsni davom ettiradi. 

81. "Qizilqum"da 2 ta almashtirish: Stanisavlevich o'rniga Mustafoev, Jo'raev o'rniga Azimov tushirildi. 

80. "Navbahor"da o'zgarish: Jokich o'rniga Golban maydonga tushdi. 

77. "Navbahor" tarkibda o'zgarishlarga qo'l urishga shoshilmayapti. 

76. Zaxiradan tushgan Komolafe hozircha ko'rinish bermayapti. 

73. Maydondagi kurash asosan maydon markazide kechmoqda.  

69. Baydullaevning uzatmasidan so'ng Hoshimov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Keyin esa yana Baydullaev burchak zarbasini ijro qildi va Yuldashev bosh bilan noaniq zarba berdi.

68. "Qizilqum"da dastlabki o'zgarish: Dmitriev o'rniga Paul Komolafe o'yinga qo'shildi. 

66. Zarba! Nurillo To'xtasinovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

63. "Navbahor" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Marushich qanotga Nurillo To'xtasinovga pas berdi, yarim himoyachining pasini esa Dmitriev bartaraf qildi.   

59. Namanganlik ishqibozlar ananaviy "xuk"ni boshlab yuborishdi.

57. O'tkir Yusupov jamoadoshlarini oldinga boshlagan holda erkin zarba orqali to'pni o'yinga kiritdi. 

54. Uuuux! Grigalashvidli bir raqibni aldab, Marushichni pas bilan taminladi, ammo hujumchi deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilolmadi. 

51. Islom To'xtaxo'jaev Zoran Marushichga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

49. "Qizilqum" faollikni oshirgani sezilib turibdi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus! 

Birinchi taymning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45. "Qizilqum" har ikki qanotda faollikni oshirdi, yakunda Stanisavlevichning ichkariga oshirib bergan to'pi ancha noaniq ketib qoldi. 

41. Zarbaaaaa!  Zoran Marushichning chap oyoqda bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

40. Uuuuux! Erkin Baydullaevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Boburbek Yuldashev darvroza tomon yo'lladi, sal noaniq.  

36. Temurxo'ja Abduxoliqov qoidani buzgani tufayli ogohlantirildi.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Nesterovning xatosidan so'ng Boyan Ciger hisobni 0:2 ko'rinisha keltirdi! 


32. Nurillo To'xtasinovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Artyom Dmitriev sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

29. Sanjar SHoahmedovning zarbasi kutilganidek chiqmadi, O'tkir Yusupov ishonchli harakatlandi. 

26. Bu gal Oleg Zoteev ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka oldi.  

22. Yovan Jokich Stanisavlevichga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

17. Nurillo To'xtasinov qanotdan yorib kirib, ichkariga pas uzatdi, Ignatiy Nesterov to'pni uzoqlashtirdi.

14. "Navbahor" ishonch bilan to'pga egalik qilyapti, "Qizilqum" bosim o'tkazishga harakat qilmoqda. 

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Elguja Grigalashvilining jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Ignatiy Nesterov qo'riqlayotgan darvozadan o'rin oldi – 0:1!  


10. Yuldashev Grigalashviliga nisbatan qoidani buzdi, 17 metr masofadan jarima to'pi. 

9. Jamshid Iskanderovning pasidan keyin Marushich qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo himoyachilar to'pni tepib yuborishdi.    

8. SHerali Jo'raev o'ng qanotdan to'pni ichkariga oshirdi, biroq u erda hech kim yo'q edi. 

6. Temurxo'ja Abduxoliqov uzun pasni qabul qilib, ichkariga kirib borishi mumkin edi, ammo Boyan Ciger sergak turganini ko'rsatdi. 

3. Bahs kurashlarga boy tarzda start oldi.

1. Uchrashuv boshlandi! 

Foto: Jahongir Fayzullaev 

- O'yin 18:00 da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика