O'zbekiston Coca-cola kubogi. ½ finalga 8 sentyabr kuni qura tashlanadi
03 sen 2022 22:23
Yangiliklar


O'zbekiston Coca-cola kubogi. ½ finalga 8 sentyabr kuni qura tashlanadi
Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasi o'ynalayotgan O'zbekiston Coca-cola kubogida yarim final ishtirokchilari aniqlandi: AGMK, “Navbahor”, “Nasaf”, “So'g'diyona”.
Musobaqada ½ final uchrashuvlari 13-14 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Jamoalar o'z raqiblarini 8 sentyabr kuni bilib oladi. SHu kuni Coca-cola Superliganing 18-turi doirasida “Qizilqum” — “Olimpik” jamoalari to'qnash keladi va bellashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Mazkur uchrashuvning tanaffusi vaqtida yarim finalga qura tashlab beriladi.
Malumot uchun. O'zbekiston Coca-cola kubogining yarim finali ham 1 tadan o'yindan iborat bo'lib, bunda juftliklar ham, ularda kim mezbon bo'lishi masalasi ham qura yordamida aniqlab olinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar