So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

O'zbekiston Coca Cola kubogi. Pro liga grandlari to'qnashuvida "Andijon" "Turon"ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

O'zbekiston Coca Cola kubogi. Pro liga grandlari to'qnashuvida "Andijon" "Turon"ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Andijon" – "Turon" 3:2

22 avgust, dushanba

Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 16:30

Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, G'ayrat Jo'raev

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: SHahboz Erkinov, 15 (1:0), SHahboz Erkinov, 17 (2:0), Goron Miloyko, 42 (3:0), Humoyun Murtozaev, 56 (3:1), Humoyun Murtozoev, 87 (3:2)

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid Gulamov, 9.Bogdan Milich, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farxodjon Sohibjonov, 20.Milochko Goron, 21.Ildar Mamatkazin (s), 22.SHahboz Erkinov, 26.Muhammadkarim Toirov, 29.Suhrob Berdiev

Zaxira: 46. Xurshid Xo'jaev, 3. Azamat Isroilov, 7. Izzatillo Abdulhaqov, 8. Ahror Inoyatov, 11. Zafar Polvonov, 14. Abdurahmon Komilov, 19. Malikshoh Rasulov, 77. Ahmadjon Anvarov, 99. Ibrohim Muxtorov

"Turon": 1.Nizomiddin Ziyavutdinov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Marlen CHobanov, 11.Rustamxon Azimov, 19.Sardor Abduraimov (s), 23.Mirzohid Mirzamahmudov, 30.Sardor Abdunabiev, 55.Xushnudbek Avilov, 88.Sardar Telyakov, 89.Sergey Morozov

Zaxira: 12. Akmal Tursunboev, 7. Qahramon Baxodirov, 9. Aziz Ibragimov, 10. Humoyun Murtozaev, 14. Doniyor Isroilov, 17. Siyovush Habibulloev, 18. Abdug'ani Kamolov, 20. Jasur O'rinov, 77. SHarifbek Rahmatov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! SHiddatli kechgan bahsda "Andijon" "Turon"ni mag'lub etib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Humoyun Murtazoev hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi

81. "Andijon"da o'zgarishlar: Farhod Sohibjonov, SHahboz Erkinov va Suxrob Berdiev o'rniga Azamat Isroilov, Zafar Polvonov va Abdurahmon Komilov tushdi.

80. "Turon" futbolchilarining qanotdan etkazib bergan to'piga yana mezbonlar posboni peshvoz chiqdi.

77. Eldor Adhamov mehmonlarning shuncha ter to'kib, hujum qilganini barbod qildi.

75. Uchrashuv tempi pasaydi.

70. Humoyun Murtozaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini mezbonlar posboni qiyinchilik bilan qaytardi.

61. Abduvohid G'ulomovning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi raqib himoyachisiga tegib maydonni tark etdi.

56. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Xumoyun Murtozaev Doniyor Ismoilovning uzatmasini aniq zarba bilan golga aylantirdi!

54. Qahramon Bahodirovning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

51. Xumoyun Murtozaevning ajoyib uzatmasidan so'ng Azizbek Ibragimov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, to'pni yuqoriga tepib yubordi.

50. Mehmonlarning xavfli hujumi yakuniga etmay qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

41. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! GORON rayiblarining sovg'asini mamnuniyat bilan qabul qildi.

40. Erkinov bugun o'zi erishishi mumkin bo'lgan darcha narsaga erishmoqda: dubl ortidan sariq kartochka bilan mukofotlandi.

38. "Andijon" futbolchisi qanotdan to'pni kimga uzatganini bilolmasdan ortga qaytmoqda.

36. "Andijon" futbolchilarida standart vaziyat yuzaga keldi. Jarimadan uzatilgan to'pga etishda mezbonlar sardorining oyog'i kaltalik qildi.

32. "Turon" futbolchisi bazida aldashdan ko'ra pas berish yaxshiroq ekanligini anglab etdi.

29. Water time

25. "Turon" standartdan standart ishlab oldi: birinchisi jarima zarbasi bo'lsa, ikkinchisi bayroqcha yonidan amalga oshiriladi.

24. "Turon" biz ko'rmayotgan payti o'ynagisi kelmagan ko'rinadi. Hozir bor shijoati bilan oldinga tashlanmoqda.

21. Qaytdik. Yana uzilish bo'lmasidan ilgari televizorni mahkam ushlab olishni maslahat beraman.

Reklamadan kimdir jabr chekkan ko'rinadi. "Andijon" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Afsuski, texnik muammolar tufayli shunday o'yindan bahramand bo'lishga mosuvo bo'lmoqdamiz.

Yana Erkinov gol uribdi!!! 2:0 Birinchi golni ko'rolmaganlar uchun qayta ijro qilib bergan, menimcha.

Uchrashuv qizg'in ruhda davom etmoqda, boks baribir ajoyib sport turi hisoblanadi.

GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Erkinov hisobni ochdi!!!

"Turon" xavfli hujum tashkil etgani aytilmoqda, tvda "Napoli" futbolchisining goli ko'rsatilmoqda. Yaypanliklarning hujumi qanday sodir bo'lganini istaganingizday tasavvur qilishingiz mumkin.

Bokschilarni yoki A Seriya gollarini bejizga namoyish etishmayapti. Sizlar ham shunday g'alabali o'yin ko'rsatinglar degan manoda bo'lsa kerak, nazarimda.

Yana futbolga qaytamiz deb bekor aytibman. Aslida texnik uzilishlar tufayli uchrashuvni kuzatishda muammolar kuzatilyapti.

Futbol o'yinlarining o'rtasida reklama ko'radigan davrlarga ham etib keldik, do'stlar.

8. "Turon" hujumchisi atigi 100 yildan oshiqroq vaqt ilgari ofsayd joriy etilmaganida, hozir golni tantana qilayotgan bo'lardi.

5. Ikki jamoa futbolchilarining oyoqlari "salomlashdi". Bu vaziyatda Erkinovning harakati chiroyli emas deb topildi.

2. "Andijon" posboni videorolik tugashini kutib turgan chog'i, efirga qaytishimiz bilan to'pni oldinga yo'lladi. 

O'yin boshlanishi bilan bokschilarimiz namoyish etilgan "Mendirman o'sha" videoroligini miriqib tomosha qilishni boshladik. Futboldan ko'ra qiziqrok ko'rinmoqda.

1. Uchrashuvni mezbonlar boshlab berdi.


Bugun "Andijon" qizil, "Turon" esa oq rangli libosda harakat qiladi. Mezbonlar 4-4-2 taktikasini tanlagan bo'lsa, mehmonlar 4-5-1 sxemasini afzal ko'rishgan.


13 avgustdagi bahsda Bubanyaning goli uchrashuv taqdirini hal qilgandi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov natijadan qoniqqanini, biroq shogirdlarining o'yinidan qoniqmaganini takidlagandi. "Turon" ustozi esa raqib standart vaziyatlarda yaxshi o'ynashini aytib o'tgandi. Bugun to'qnashuv avvalgisidan qiziqroq bo'lishi shubhasiz. CHunki ikkala jamoa ham bir-birlarini o'rganishgan hamda o'ziga xos sovg'a tayyorlashgan bo'lsa, ajabmas.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Vodiy derbisiga xush kelibsiz! Pro liganing ayni damda yuqori pog'onalarida borayotgan jamoalar kubok bellashuvida maydonga tushishadi. Yaqinda ushbu jamoalar aynan mana shu stadionda bellashishgandi va o'shanda andijonliklar 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Ko'ramiz, bugun Yaypan klubi revansh ola bilarmikan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика