So’nggi yangiliklar

20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  5 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  1 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  4 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  1 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0 16:10"Бенфика" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олишни режалаштирмоқда  2 15:43Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси ОЧЛ ҳал қилувчи финал баҳсини бошқаради  10 15:24Япония терма жамоаси бош мураббийи: "Париж Олимпиадасига қитъа чемпионлари мақомида боришни мақсад қилганмиз"  14 15:20Жасур Жалолиддинов: "Олимпиадага чиқиш ҳақида ҳар куни ўйлардик"  3

O'zbekiston ayollar termasi ustozi Midori Honda: "Raqiblarimizni kuchsiz hisoblamaymiz" Yangiliklar

O'zbekiston ayollar termasi ustozi Midori Honda: "Raqiblarimizni kuchsiz hisoblamaymiz"

Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining ayollar futboli bo'yicha Osiyo mintaqasi saralash bosqichi oldidan O'zbekiston terma jamoasi ustozi Midori Honda va hujumchi Kamila Zaripova ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Dastlab O'zbekiston ayollar termasi bosh murabbiyi Midori Honda fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Saralash bosqichi haqida

- Biz bu o'yinlarga qadar bir yil mobaynida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdik. O'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Umuman olganda, bu bosqichga etarlicha tayyorgarlik ko'rdik, deb o'ylayman. 

Raqiblar haqida

- Raqiblarimizni o'rganib bordik va futbolchilarga ular haqida malumotlar berib keldik. Xorijda tajribali jamoalarga qarshi o'yin o'tkazdik. Doimiy ravishda o'yinimizni tahlil qilib bordik. Bu o'yinlar bizga mazkur bosqichda yordam beradi. 

Raqiblarimizni kuchsiz hisoblamaymiz. Menda raqibni mensimaslik, degan tushuncha yo'q. Xususan, qizlarimiz ham bunday fikrda emas. Ular bu o'yinlarda raqiblarni hurmat qilgan holda maydonga tushadilar. 

Tarkib haqida

- Bizda yo'qotishlar yo'q. Jarohat olganlar ham sekin-astalik bilan tarkibga qaytmoqda. O'yinlarga tayyormiz. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni qizlarimizni qo'llab-quvvatlash va motivaciya berish uchun uchrashuvlarga taklif qilib qolaman.   


So'ngra terma hujumchisi Kamila Zaripova fikrlari bilan bo'lishdi.

Saralash bosqichi haqida

- Murabbiy aytganidek, saralash bosqichiga qadar biz etarli tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Xorijda ham o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdik va ko'plab kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. 

Jamoaning ichki muhiti haqida gapirsam, hammasi yaxshi holatda. Biz bir-birimizni qo'llab-quvvatlagan holda harakat qilmoqdamiz. Barcha o'yinlarda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz.


Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinlarining Osiyo mintaqasi saralash bosqichi "A" guruhidan o'rin uchrashuvlarga O'zbekiston mezbonlik qilmoqda. Bahslar 5, 8 hamda 11 aprel kunlari bo'lib o'tadi.


5 aprel | 17:00

O'zbekiston – Butan 

"Paxtakor" stadioni


8 aprel | 17:00

Timor Leste – O'zbekiston

"Paxtakor" stadioni


11 aprel | 17:00

O'zbekiston – Iordaniya 

"Paxtakor" stadioni

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика