So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018ga chiqa olmadi Yangiliklar

O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018ga chiqa olmadi

Teglar :  Ayollar futboli
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bugun, 9 aprel kuni Osiyo Kubogi–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 3-turida mezbon KXDR termasiga qarshi bahslashdi.

KXDR poytaxti Pxenyan shahridagi Kim II Sung Stadium maydonida bo'lib o'tgan o'yinda SHerali Boboqulov shogirdlari 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

SHunday qilib, O'zbekiston ayollar termasi 3 o'yindan keyin 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. KXDR 4 ta o'yin o'tkazgan holda 10 ochko bilan 1-o'rinni saqlab turibdi.

Musobaqa qoidalariga ko'ra, faqatgina guruh bosqichida zafar quchgan terma jamoa Osiyo Kubogi–2018 turnirining final bosqichiga yo'llanma oladi. O'z guruhida g'alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko'ra eng yuqori reytingga ega bo'lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo'shiladi.

Guruhdagi yagona mag'lubiyat SHerali Boboqulov jamoasining Osiyo Kubogi–2018 musobaqasi final bosqichiga chiqishiga to'sqinlik qildi. O'zbekiston ayollar termasi Janubiy Koreyaga qarshi o'yin natijasidan qati nazar guruhda 1-o'rinni egallay olmaydi. “B” guruhida 1-o'rin uchun kurashni KXDR va Janubiy Koreya olib boradi.  

Osiyo Kubogi–2018 saralashi
“B” guruhi, 3-tur
7 aprel, juma

KXDR – O'zbekiston 4:0
Golla
r: Kim (28, 90), Sang (54, 65)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика