So’nggi yangiliklar

18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   0 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  3 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  27 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  4 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  6 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7

O'zbekiston - Argentina. O'yindan oldin murabbiylar nimalar dedi? Yangiliklar

O'zbekiston - Argentina. O'yindan oldin murabbiylar nimalar dedi?

2-3 fevral kunlari amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Argentina futzal terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bugun poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida O'zbekiston hamda Argentina bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.  







Matias Raul Lyusyuks (Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi): - Bizni Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri bo'lgan O'zbekiston bilan ikkita qiziqarli uchrashuv kutmoqda. To'g'ri bizda tayyorgarlik uchun ko'p vaqt bo'lmadi. Lekin, ikki kun jamoamiz uchun etarli, deb o'ylayman. Mazkur uchrashuvlar Litvada tashkil qilinadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Tarkibga iloji boricha legionerlarimizni ham jalb qildik.



Bahodir Ahmedov (O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi): - O'zbekiston futbol associaciyasiga shunday uchrashuv tashkil qilib berishgani uchun rahmat aytaman. Jahon chempionlariga qarshi o'ynash biz uchun sharaf. Uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Yigitlarning barchasi sog' va salomat. Biz har doim g'alaba uchun harakat qilamiz. Oldindagi ikki bahsda ham chiroyli o'yin ko'rsatish ilinjida parketga tushamiz.



- O'zbekiston milliy terma jamoasi Argentina darajasidagi raqib emasligi malum. SHunday ekan shogirdlaringizni ruhiyatida terma jamoamizga qarshi mensimaslik holati yo'qmi?
Matias Raul Lyusyuks: - O'zbekiston milliy terma jamoasini o'z o'yin uslubiga ega. Jamoaning o'yinida avval faoliyat olib borgan ispaniyalik murabbiyning ham imzosi bor, deya olaman. Raqibimiz Jahon chempionatida ishtirok etgan. Ularning darajasini past demagan bo'lardim. Men ertangi uchrashuvdan teng o'yin kutmoqdaman. O'ylaymanki, ikkita o'yin birinchi galda biz uchun foydali bo'ladi. Agar foydali tomonini ko'rmaganimizda taklifni qabul qilmagan va O'zbekistonga etib kelmagan bo'lar edik.

- Argentina 2016 yilga qadar futzalda katta natijalar qayd etmagan. Aynan shu yili terma jamoa Jahon chempionatida g'olib chiqqan. SHundan so'ng ko'rsatkichlari yaxshi ko'rinish olyapti. Argentina nimaning evaziga bunday yutuqlarga erishdi?
Matias Raul Lyusyuks: - Avvalo biz o'z kuchimizga ishonishni boshladik. Har bir turnirga jiddiy qarashni va chempionlik uchun o'ynashga kirishdik desam mubolag'a bo'lmaydi. Eng asosiysi bizda individual tomondan kuchli o'yinchilardan to'g'ri foydalanishni boshladik. Litvadagi Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilganmiz.



- Ertangi uchrashuvda Jahon chempionatida o'ynagan futbolchilarni ko'ramizmi yoki yoshlarga imkoniyat berasizmi?
Bahodir Ahmedov:
- Yoshlarga ko'proq imkoniyat beramiz. Jahon chempionatida to'p tepgan o'yinchilardan ayni paytda sanoqliginasi terma jamoada faoliyatini davom ettirmoqda. Dilshod Rahmatov, Davron CHoriev, Javlon Anorov, Rustam Umarov va Ilhom Aliboev. Qolganlarning barchasi yoshlar. Mana shunday uchrashuvlarda ularni ko'rib olmasam yana qachon tekshirib olaman. O'zim uchun kerak tomonlarini, o'ynay oladimi yoki yo'qmi shunga o'xshash jihatlarini ko'rib olish imkoni bo'ladi.

- Argentina terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish fikri kimdan chiqdi? Sizning tashabbusingiz bilan tashkil qilindimi?
Bahodir Ahmedov:
- Yuqorida ham aytib o'tdim. Birinchi galda O'zbekiston futbol associaciyasiga rahmat aytaman. Biz ularga raqib topishni aytamiz, xodimlar esa terma jamoalar bilan aloqaga chiqishadi. To'g'ri kelsa bizga xabar berishadi. Pandemiya sharoitida ham Marokash, Eron kabi termalar bilan o'ynadik. Bularning barchasi O'FA tomonidan amalga oshirilmoqda?



- O'zbekiston futzal terma jamoasidagi tajribali o'yinchilarda kuchli raqiblarga qarshi o'ynash ko'nikmasi shakllangan. Mana bir necha yig'indirki, yoshlarimizga ham yuqori darajadagi uchrashuvlarda imkoniyat taqdim qilinmoqda. Ayni pallada yosh ijrochilarda top saviyadagi raqiblar bilan o'ynash ko'nikmasi qay darajada?
Bahodir Ahmedov
: - To'g'ri aytdingiz. Tajribali futzalchilarimiz yoshlarga o'z yordamlarini ayashmayapti. Ko'rasizlar, Argentina bilan uchrashuvda ham yoshlarni tushuraman. Ular tezroq o'sishga erishishadi. Menga eng kerakli narsa shu.



- Osiyo chempionatining qoldirilishi terma jamoamizga qaysi tomondan foydali bo'ldi?
Bahodir Ahmedov:
- Bu haqida fikr bildirish juda qiyin. Aslida Osiyo chempionati dastlab Turkmanistonda o'tkazilishi ko'zda tutilgandi. O'sha payt ajoyib sport formasida edik. Keyinchalik Quvaytga ko'chirildi. U ham qoldirildi. Muhimi ichki chempionatimiz davom etmoqda. Yigitlar buning natijasida bir xil sport formasida bo'lib turibdi. Qoldirilgani men uchun yomon bo'ldi deb o'ylayman.

- O'zbekistonda ichki chempionat o'yinlari davom etayotgani bois futzalchilarimiz yaxshi holatda. Argentina terma jamoasida bu borada vaziyat qanday?
Matias Raul Lyusyuks:
- Bizda ham etti oy mobaynida chempionat bahslari bo'lmadi. Lekin, baribir yakunda chempionatni oxiriga etkazib qo'ydik. Mavjud sharoitdan va tarkibdagi bor futzalchilar, legionerlarimiz bilan tayyorgarlik olib bordik. SHogirdlarimning hozirgi holatini baholay olmayman. Ammo, imkon boricha ularning jismoniy holatini bir maromida ushlab turishga harakat qildik.

- O'zbekiston futzal terma jamoasining o'yinlarini ko'rgan bo'lsangiz aynan qaysi o'yinchi sizning etiboringizni tortdi?
Matias Raul Lyusyuks: - O'zbekistonning Eronga qarshi o'tkazgan ikki uchrashuvini ko'rib tahlil qilib chiqdim. Raqib himoya va hujumda juda ham agressiv o'ynaydi. Tarkib asosan yoshlardan shakllantirilgan. Bu holat bizga yoqadi. CHunki, terma jamoamiz ham shunday uslubda harakat qiladi. O'zbekiston bilan uchrashuvdan muxlislar ham xursand bo'lishlari aniq. SHuningdek Argentinada ham katta qiziqish bilan ko'rishadi. Boisi biz so'nggi paytlarda xalqaro o'yinlardan chetda qolib ketayotgandik.



- Terma jamoamizning 2016 yil Jahon chempionatiga chiqqani hozirgacha eng yuqori natijamiz hisoblanadi. O'shanda jamoada tajribali va yoshi katta o'yinchilar ko'p bo'lgan. Lekin, ayrimlar uchun mundialda o'ynagan avlod kuchli sanalsa, yana bazilar uchun hozirgi yosh avlod kuchli ko'rinmoqda. SHaxsan sizning fikringiz qanday?
Bahodir Ahmedov: - Har bir avlodni o'ziga yarasha kuchli tomoni bo'ladi. Hozirgi avlodning kuchli jihati yoshlarning ko'pligida. Bular bilan katta natijalarga erishish mumkin. Faqat ustida ishlashimiz kerak.

- Argentina 2016 yil Jahon chempionatida g'olib chiqqan bo'lsada, yaqqol favorit emasdi. Hozirgi Argentinaga qanday tavsif bera olasiz?
Bahodir Ahmedov: - Argentina juda ham sabrli jamoa. Hech qachon shoshimaydi. Darvozabonini alohida ajratib ko'rsataman. Bizga katta muammo bo'la oladi. Qaytarish mushkul vaziyatlarda ham to'pni bartaraf qiladi. O'yinchilari yarimta imkoniyatdan ham foydalanib ketadi. Bahsni yaxshi nazorat qiladi, murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga intilishadi. Tartibga amal qilishadi. Har bir futzalchisidan istalgan vaqtda xavf kutish mumkin.

- Rustam Umarovga o'rinbosar tarbiyalanmoqdami?
Bahodir Ahmedov: -
Yoshlarimizdan iqtidorli darvozabonlar bor. Eron bilan ikkinchi bahsda Abbos Elmurodovga ishonch bildirdik. Umuman olganda bundan ko'nglim to'q.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика