So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  3 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  6 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  31 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  43 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

"O'zbekiston amputantlar terma jamoasi mashg'ulotlarga kirishdi. Osiyo chempionati yurtimizda o'tkazilishi mumkin" - bosh murabbiy bilan intervyu Yangiliklar

"O'zbekiston amputantlar terma jamoasi mashg'ulotlarga kirishdi. Osiyo chempionati yurtimizda o'tkazilishi mumkin" - bosh murabbiy bilan intervyu

O'zbekiston nogiron-amputantlar futboli jahondagi etakchi o'rinlardan birini egallab turganligi hech kimga sir emas.

Agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1988 yili mamlakatimizda nogiron-amputantlar futboliga asos solingan. Nogiron-amputantlar terma jamoamiz azolari besh karra jahon chempioni hisoblanadi. Jumladan, 1990 (AQSH), 1991 ( O'zbekiston), 2007 (Turkiya). 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan bo'lishsa, 1988 (kumush) va 2002 yilgi (bronza) mundialning sovrinli o'rinlarni band etishgan. 

SHuningdek, “Rahm-shavqat“ (1989, 1990, 1991 ), “Trud“ gazetasi sovrini (1991 ), “G'alaba kuni“ (1992 ), “Spartak Kubogi“ (1993 ), “Baynalminal jangchilar“ sovrini (1993 ), “Nogironlar futboli associaciyasi“ (1993 ), “Rojdestvo“ (1995, 1996, 1997 ), Rossiya ochiq chempionati – (1996 y), Gruziya nogironlar federaciyasi sovrini (1998 y), Xalqaro nogironlar festivali (1999 ), Rossiya nogironlar Ittifoqi sovrini (2006 ), MDH Kubogi (2007 ), singari xalqaro turnirlarda bosh sovrinni, qolaversa, Evropa ochiq chempionati (1999 ),Rossiya ochiq chempionati (2006) bronza medallarga egalik qilishgan.


“Matonat futbol“ nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi – 2020 yil 17 yanvar kuni tashkil topgan. Markaz o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan. Xususan, “Matonat“ nogiron-amputantlar futbol jamoasining avvalgi shon-shuhratini qayta tiklash, respublikamiz viloyatlarida imkoniyati cheklangan ammo sportga va futbolga qiziqishi bo'lgan insonlarni izlab topish, mamlakat terma jamoasiga munosib o'rinbosarlarni tayyorlashdan iborat. Bugungi kunda ushbu markaz selekciya ishlarida ham faol bo'lishga harakat qilgan holda o'z safini kengaytirmoqda. "Matonat futbol" Respublikamizning barcha viloyatlarida nogironlar to'p surishi uchun etarli shart-sharoit yaratish, eng iqtidorli yosh yigit-qizlar bilan esa birgalikda markazda shug'ullanishni niyat qilgan. Hozirgi kunda Jizzax, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari hamda Toshkentda jamoalar shakllantirilgan. “Matonat futbol“ nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi futbol bilan shug'ullanishni istayotgan yigit va qizlarni taklif qiladi. ( Malumot uchun telefon raqam: +998903595335)

SHu kunlarda amputantlar terma jamoamiz mazkur markaz hamda O'FA ko'magida poytaxtimizda mashg'ulotlarni boshlashdi. Bir necha kun oldin saytimiz orqali O'FA vakillari terma jamoa azolari bilan uchrashishgani, ularga to'p va fishkalar berishgani haqida xabar bergan edik. Kuni kecha amputantlar terma jamoamizning mashg'ulotidan so'ng bosh murabbiy Abdujamil SHukurovning fikrlarini tingladik. 

"O'zbekiston futbol associaciyasida so'nggi yillarda ijobiy o'zgarishlar bo'lmoqda. Mirabror Usmonov Zufarovich davridan so'ng bizga biroz etibor pasaygandi. Lekin hozirda munosabat yaxshi tomonga o'zgaryapti, deya olaman. O'ylaymanki, bundan keyin ham hammasi ko'ngildagidek bo'ladi. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etishimiz uchun ko'mak berishadi degan umiddaman. 

2016 yil malum sabablarga ko'ra amputantlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga bora olmagandik. O'shanda raqiblarimiz xursand bo'lganligi aniq edi. CHunki, biz ishtirok etadigan mundiallarda raqiblar terma jamoamizdan hayiqib turadi. Yil davomida barcha yigitlar musobaqaga tayyorlangandi. Ko'p narsa mablag'ga borib taqaldi. Endilikda keyingi yillarda o'tkaziladigan Osiyo chempionatlari, Jahon chempionatlarida qatnashishni oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Associaciya ham qarab turgani yo'q, ular ham shunday savobli ishlarga qo'l urishmoqda. Biz ham ko'maklarini, bildirayotgan ishonchlarini oqlab xalqaro arenalarda yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarishga harakat qilamiz. Biz musobaqalarga o'zimizdan-o'zimiz sayohat qilgani bormaymiz, O'zbekistonni sharafini o'ylab maydonga chiqamiz.

O'tgan mavsum pandemiya sabab tanaffus yuzaga kelgandi. Mana bu yildan boshlab sekin-asta mashg'ulotlarga kirishdik. Dastlab mart oyida amputantlar o'rtasida O'zbekiston chempionati birinchi turi o'tkaziladi. Bunda terma jamoaga futbolchilarni saralab olamiz. So'ng Rossiyada ikkita xalqaro turnirga borish rejadan o'rin olgan. SHu yig'inlar orqali Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'ramiz. SHuningdek amputantlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini ham O'zbekistonda tashkil qilish harakatidamiz. Bu borada rahbarlar ish olib borishmoqda. Agar mezbonlik bizga berilsa tarixiy voqea bo'lardi. Muxlislar ko'z o'ngida to'p tepib yana muxlislar etiborini jalb qila olardik. CHunki, bir necha yildan beri etiborsiz qolib ketishimiz natijasida muxlislarimizni yo'qotib qo'ydik. Ishqibozlarni qaytarishni istaymiz",- deydi Abdujamil SHukurov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика