So’nggi yangiliklar

22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1

O'zbekcha transfer. "Bunyodkor" Aziz Haydarovning sotuvidan qancha daromad qilgan? Yangiliklar

O'zbekcha transfer. "Bunyodkor" Aziz Haydarovning sotuvidan qancha daromad qilgan?

So'nggi 2 oyda chiqa boshlagan "... hozir qaerda?" rukni "championat.asia" mushtariylari tomonidan iliq kutib olindi.

Bundan ruhlangan saytimiz ijodkorlari (aniqrog'i, 1 nafar ijodkori) yana bir ruknga start berishmoqda. Endi tarixda o'zbek klublari yoki futbolchilari ishtirokida tuzilgan transfer bitimlari to'g'risida ham muntazam ravishda malumot berib boramiz. Demak, 1-sonda "Bunyodkor" va "Al SHabab" jamoalari o'rtasida tuzilgan shartnoma haqida.

Xabaringiz bor, Qatar yashil maydonlarida o'tkazilgan 2011 yilgi Osiyo kubogi terma jamoamiz futbolchilari uchun o'ziga xos tramplin vazifasini bajarib bergan. O'sha musobaqadan keyin "Bunyodkor" yarim himoyachisi Azizbek Haydarovda RPL vakili "Rostov" tarkibiga borib qo'shilish imkoniyati paydo bo'lgan, ammo futbolchining o'zi BAA pro ligasini tanlagan. Ayni paytda O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i vazifasida faoliyat yuritayotgan Haydarov o'sha damlarni shunday eslaydi:

"Men Osiyo Kubogi-2011dan so'ng "Bunyodkor"da yarim mavsum o'ynadim va "Al SHabab"ga yo'l oldim. Unga qadar mavsum oldidan Anzur Ismoilov Xitoyga ketgandi. Avstriyadagi yig'in paytida "Al SHabab"ga ketmoqchi bo'lib yurgan paytim Vadim Abramov menga "Rostov"ga o'tishim kerakligini aytdi. Mashg'ulot o'tkazayotgan paytim Karlenovich maydon markazidan darvoza to'sini yoki ustunini nishonga ola bilsam, "Al SHabab"ga yo'l olishimni, aks holda "Rostov"ga ketishim kerakligi borasida shart qo'ydi. Men tepgan to'p esa darvoza to'siniga tegdi va BAA jamoasiga yo'l oldim".

Aziz Haydarov 2011 yilning 1 avgust kuni "Al SHabab" futbolchisiga aylandi. "Transfermarkt" malumotiga ko'ra, o'shanda "qaldirg'ochlar" o'yinchining transferidan 350 ming ming evro ishlab olgan. Malumot uchun, bu paytda Haydarovning transfer qiymati portal tomonidan 400 ming evroga baholanayotgan edi.

Aziz Haydarov "Al SHabab" uchun 2017 yilning yoziga qadar o'ynadi. U bu muddat ichida 133 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 bor jamoadoshlariga shunday imkoniyat yaratib berdi.

Muallif :
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика