So’nggi yangiliklar

09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  1 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  2 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0

O'zbek futboliga ko'plab darvozabonlarni etishtirib berayotgan Denis Ivankov 50 yoshda Yangiliklar

O'zbek futboliga ko'plab darvozabonlarni etishtirib berayotgan Denis Ivankov 50 yoshda

Bugun "Paxtakor" klubi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov tavallud kunini nishonlamoqda.

Tajribali mutaxassis bugun 50 yoshni qarshi olmoqda. 

Denis Ivankov 1972 yil murabbiy Aleksandr Ivankov oilasida tug'ilgan. Oiladagi muhit uni millionlar o'yiniga etakladi. Dastlab "CHirchiq", "Sohibkor" jamoalarida o'zini sinab ko'rgan Ivankov 1992 yilda "Paxtakor" jamoasi safiga qo'shiladi. Biroq, jamoadagi kuchli raqobat sabab zaxira futbolchisiga aylanib qolgach jamoasini o'zgartirishga qaror qiladi. Futbolchilikda omadi yurishmagan qahramonimiz 2004 yildan "Kimyogar" jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Ish uslubi va mashg'ulotlarni olib borish jarayoni o'sha paytda "Mashal" va "Paxtakor" rahbarlarini  etiborini tortadi. 2007-2008 yillar oralig'ida Ukrainaning "Knyaja" klubida tajriba orttirgan Ivankov 2009 yilda "Mashal"ga qaytadi. 2012 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'tkir Yusupov, Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov kabi kiperlarni tarbiyaladi. 2013 yildan boshlab esa Qarshining "Nasaf" klubida ish boshladi va olti yil davomida samarali mehnat qildi. "Ajdarlar" bilan ko'plab sovrinlar hususan O'zbekiston kubogi va Superkubogida zafar quchdi. Bronza va kumush medallariga ega chiqdi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizga iqtidorli darvozabonlarni etishtirib berdi. Bir necha yil davomida milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabida ishladi. Ayni paytda "Paxtakor" klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlamoqda. 

 

Malumot o'rnida:

Ism sharifi: Denis Ivankov Aleksandrovich

Tug'ilgan sanasi: 1972 yil, 17 iyun.

Futbolchilik faoliyati: "Aralvodstvorec" (1990), "Soxibkor" (1990), "CHirchiq" (1991), "Paxtakor" (1992, 1994-1995), "Nurafshon" (1992-1993), "Neftchi" (1995)

Murabbiylik faoliyati: "Mashal", "Nasaf", O'zbekiston terma jamoasi, "Paxtakor".

Yutuqlari: O'zbekiston chempioni (2): (1992, 1995)

Murabbiy sifatida yutuqlari: 

O'zbekiston Kubogi sohibi (2015, 2021)

O'zbekiston Superkubogi sohibi (2016, 2022)

O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi: (2013, 2014, 2015, 2016)

O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi: (2017)



Saytimiz ijodkorlari nomidan Denis Ivankovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz! 


S yubileem, Aleksandrovich!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика