Denis Ivankov bir yildan keyin yana "Paxtakor"ga qaytdi

Xayrulla Xoliqov
7 yanv 2022, 21:33
Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov yana poytaxt klubida faoliyat yuritadi.

Ushbu murabbiy 2020 yilning iyul oyida "Paxtakor"da ish boshlagandi. Lekin 2021 yilning yanvarida jamoani tark etgani haqida berdi va oradan ko'p o'tmay "Nasaf"ga qaytdi. O'tgan yil 23 aprel kuni saytimizda murabbiyning "Nasaf"da ish boshlagani haqida xabar chiqqandi. 

Bugun bizga yetib kelgan xabarga ko'ra, Denis Aleksandrovich yana "Paxtakor"ga qaytgan va hatto shartnoma tuzishga muvaffaq bo'lgan. Bundan ko'rinib turibdiki, Ivankov qariyb bir yildan so'ng yana "Paxtakor" darvozabonlarini shug'ullantiradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia