So’nggi yangiliklar

14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  0 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  4 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  0 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  11 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  2 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  34 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  21

O'zbek futbolchilari ham endi Red Button ilovasidan foydalanadi, Coca-Cola Superliga 4-turida maxsus akciya o'tkaziladi Yangiliklar

O'zbek futbolchilari ham endi Red Button ilovasidan foydalanadi, Coca-Cola Superliga 4-turida maxsus akciya o'tkaziladi

So'nggi yillarda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash hamda ularning oldini olish borasida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zPFL kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'yicha O'zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda. O'FA qoshida yuqoridagi kabi holatlarni aniqlash maqsadida alohida maxsus inspekciya tashkil qilingan bo'lib, mazkur inspekciya bu borada qator dalillar to'plab bormoqda.

2020 yilning 11 sentyabr kuni FIFA va Xalqaro Professional futbolchilar associaciyalari federaciyasi (FIFPRO) o'rtasida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'yicha kelishuv imzolangan. Mazkur kelishuv doirasida Players Red Button (futbolchilarning qizil tugmasi) ilovasi ishlab chiqilgan. Ushbu ilova smartfonlarga o'rnatiladi va undan faqatgina professional futbolchilar foydalanadi. Ilova yordamida futbolchi kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq holat yoki malumotlarni sezgan taqdirda, bu haqida ismi oshkor etilmasdan, xavfsiz va anonim tarzda xabar berish imkoniyatiga ega bo'ladi.

SHundan kelib chiqib, O'zPFL Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Ishchi guruh tashkil qildi. Ishchi guruh Players Red Button ilovasi haqida klublar futbolchilariga tushuntirish ishlarini olib boradi hamda futbolchilarga ushbu ilovadan foydalanish ko'nikmalarini o'rgatadi.

Qolaversa, Coca-Cola Superliganing 4-turi doirasida maxsus akciya o'tkaziladi. Unda uchrashuvlar oldidan jamoalar futbolchilari hamda hakamlar brigadasi Red Button ilovasi fonidagi “Halol futbol” shiori ostida birgalikda suratga tushadi va kelishilgan o'yinlarga qarshi birgalikda kurashishga chorlashadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика