"O'z o'yinimizni yo'lga qo'yish qiyin kechmoqda". "Bunyodkor" etakchisining "Metallurg" bilan o'yindan keyingi fikrlari
17 mar 2021 15:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625814_original.jpg)
![](/upload/storage/625814_220.jpg)
"O'z o'yinimizni yo'lga qo'yish qiyin kechmoqda". "Bunyodkor" etakchisining "Metallurg" bilan o'yindan keyingi fikrlari
"Bunyodkor" jamoasining etakchi futbolchilaridan biri Nurillo To'xtasinov Superliganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Metallurg" bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"To'g'ri, "Mashal" va "Metallurg" bilan o'tkazgan uchrashuvlarimiz bir-biriga o'xshash bo'ldi. Biz o'z o'yinimizni yo'lga qo'yishga qiynalmoqdamiz. Odatda mavsum startida shunday holat bo'ladi. Boshqa poziciyada o'ynayotganimga kelsak, qanotda birinchi marotaba o'ynayotganim yo'q. O'tgan mavsum ham ko'p bor qanot futbolchisi sifatida to'p tepdim. Umuman olganda buning ahamiyati yo'q.
O'rtoqlik o'yini bilan rasmiy o'yin o'rtasida farq juda katta. Navbatdagi bahslarda ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilamiz",- deydi To'xtasinov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar