So’nggi yangiliklar

22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  56 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:25АПЛ. "Манчестер Сити" - "Ливерпуль" 0:2 (матнли трансляция)  102 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  2 20:48"Бавария" — "Айнтрахт". Таркиблар маълум  0 20:32"Бани Яс" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  5 19:17U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси пенальтилар сериясида Ўзбекистонни мағлуб этиб, ярим финал ва жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  416 18:31А Серия. "Наполи" меҳмонда "Комо"га мағлуб бўлди ва биринчи ўринга қайтиш имкониятидан фойдалана олмади  7 18:25Рафаэл Леау Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 17:58"Арсенал" Мойзе Кинни 52 млн еврога харид қилиши мумкин  2 17:21АПЛнинг икки гранди де Йонгнинг трансфери бўйича "Барселона" билан боғланди  3 16:55Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Молдова жамоасини мағлуб этди  5 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11

O'yindan o't, "Lokomotiv"da ... chiqdi. Yoxud Kaxi yolg'iz emas Yangiliklar

O'yindan o't, "Lokomotiv"da ... chiqdi. Yoxud Kaxi yolg'iz emas

Sarlavhani noto'g'ri tushunmang, Toshkent klubida katta muammo chiqqani nazarda tutilgan.

Kecha o'zbek futbolidagi barcha tashkilot va shaxslarning pochtasiga xat kelib tushdi. Unda "Lokomotiv" klubi va jamoa sardori Kaxi Maxaradze go'yoki kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani iddao qilinyapti.

Aslini olganda bu mavzu o'zimizda anchadan beri o'rganilayotgan edi. Men "temiryo'lchilar" atrofida shubhali ishlar bo'layotganidan may oyida xabar topganman (pastroqda isbot ham bo'ladi). Tabiiyki, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashuvchi organlar bizdan ham oldinroq holatni o'rganishni boshlashgan. SHu o'rinda haqli savol tug'iladi: Nega ommaga oshkor qilinmadi yoki...

"LOKOMOTIV" A'ZOLARI JAZOLANMAYAPTI?

Hammasi oddiy. SHubha ostidagi 1 kishi (deylik, Kaxi) so'roq qilinsa, uning boshqa sheriklari sergak tortishi mumkin edi. Bilasiz, ovga chiqqan sayyod o'ljasini hurkitib yubormaslik uchun imkon qadar ovozsiz bo'lishga harakat qiladi. SHu tufayli men ham manbadan kattaroq "baliq" kelishini kutayotgan edim. Aniqroq aytilsa, "Loko"da total bilan faqat 1 kishi shug'ullanmayapti. Ularning barchasini ushlash uchun yana ozroq vaqt kerak edi. Bugun OAVga sizdirilgan xabar esa sukunatni buzib, "kiyiklar to'dasini qochirib yubordi". Nachora, endi men ham "kartalarni" ochishga majburman.

MAXARADZENI SHERIKLARI SOTDI

Kaxi haqidagi xabarni tarqatgan kishi o'zini bukmeykerlik kompaniyasi inspektori sifatida tanishtiryapti. Aslida unday emas. Buni xat yuborilgan elektron manzillar orasida SportRadar borligidan anglab olish qiyin emas (bu tashkilot barcha kantoralar bilan bevosita ishlaydi). SHuningdek, "188bet" singari legal kompaniyalar O'zbekiston chempionatida qizil kartochkani "stavka" qilmasligini ham unutmaslik kerak (2016 yilda hakamlarimiz o'z o'yiniga pul tikaverganidan keyin yopilgan). Xatni "Lokomotiv" sardori bilan qaysidir nolegal bukmeyker o'rtasida turgan shaxs (hamkor) yozgan. Voqea esa u erda ko'rsatilganidan farq qiladi:

Malumotni sizdirgan kishi anchadan beri "temiryo'lchilar" bilan ishlaydi. Oxirgi o'yinlardan birida ular kelishgan "stavka" o'xshamay qolgan. Malumot uchun, bunaqa sxemada o'xshamagan "stavka"dan ko'rilgan zararni keyingi o'yinda o'sha futbolchilar qoplab berishi kerak.

Kuyib ketgan pul munosabatlarga sovuqchilik solgan. SHundan keyin "Lokomotiv" sardori to'g'risidagi malumotlarning bir qismi chiqarildi. Ular Maxaradze orqali boshqalarga tahdid qilayotgan bo'lishi mumkin. Agar zarar qoplanmasa, barcha sharmanda bo'ladi.

OAV xabar topgani...

Yomon bo'ldi. Buni ishonch bilan ayta olaman. Tepada "Loko" atrofida shubhali ishlar bo'layotganini may oyida sezganimni aytdim. Hozir sizga hech qaerda tarqalmagan, hech kimga yuborilmagan malumotni aytaman: 

23 may kuni o'tkazilgan Toshkent derbisidan juda katta summa ko'tarilgan edi (-1,5 "fora"ga ishlangan)...

Bilasizmi, totalizatorni aniq hisobga o'ynashdan qiyini yo'q va buni 1 kishi eplay olmaydi. Kimlarning qo'li "kir" ekanini to'liq bilib olish uchun esa yana biroz vaqt kerak edi. Hozirgi holatda Kaxi barcha aybni o'z bo'yniga olishi mumkin. Uning boshqa sheriklari suvdan quruq chiqib ketadi. SHuning uchun 3 oydan beri kutayotgan edik (kimdir hammasini rasvo qildi).

MAXARADZE YOLG'IZ EMAS

Aniq hisobni chiqarish uchun maydondagi futbolchilarning 4-5 nafari "stavka"ga harakat qilishi kerak. Xullas, Kaxi gapiradigan bo'lsa, ko'pchilik ketadi. Men o'rganishlarim natijasida yana bir futbolchidan jiddiy tarzda shubhalanib kelyapman. Bu "Oqtepa"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan Samuel Opex.

Tasavvurga ega bo'lishingiz uchun bazi faktlarni keltiraman: 

1. 10-tur: "Paxtakor" 2-golini urayotgan lahzada "aktyorlik" qildi. 

2. 12-tur: Norxonov gol urayotgan pallada uni to'liq yopmadi. 

3. 15-tur: Mirahmadov AGMKning 4-golini urganda balki uni ayblash qiyindir. Lekin o'sha kuni "temiryo'lchilar" Olmaliq klubi qarshi hujumga qochib, gol urishi uchun barcha narsani qilishgan edi. 

ENDI NIMA BO'LADI?

Maxsus inspekciyada er tagida ilon qimirlashini oldindan biladigan odamlar o'tiribdi. O'ylashimcha, ular ham "baliqlarning hammasi suv yuziga chiqishini kutib", qarmoq tashlab o'tirgandi. Yuqorida aytganimdek, bitta xabar barchasi rasvo qildi. Hozir bittagina yo'l qoldi: Kaxini gapirtirish. 

Maxaradzening aybi isbotlansa, barcha unvonlari bekor qilinadi va futboldan muayyan muddatga chetlatiladi. Agar bu ishda jamoa rahbariyatidan kimningdir qo'li bo'lsa, "Lokomotiv" ochkolardan mahrum qilinishi, quyi ligaga tushirib yuborilishi yoki musobaqadan chetlatishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatamiz.

BONUS

Ayni kunlarda "Lokomotiv" o'yiniga qilingan oxirgi "stavka"ni o'rganayotgan edim. Bunaqa ishlarda shubha tasdiqlanishi juda ko'p vaqtni oladi. Ammo gumonlarim to'g'ri bo'lsa, tez orada futbolimiz afsonalaridan birining asl yuzini ko'rasiz. Vada beraman!

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика