So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Oybek Rustamov: "Bosh hakam to'p o'ng qo'limga tekkanini qaerdan ko'rdi, o'zim ham hayronman" Yangiliklar

Oybek Rustamov: "Bosh hakam to'p o'ng qo'limga tekkanini qaerdan ko'rdi, o'zim ham hayronman"

OKMK yarim himoyachisi Oybek Rustamov "Nasaf"ga qarshi (0:2) uchrashuvdan keyin penalti bilan bog'liq epizod bo'yicha izoh berdi.

Uning aytishicha, o'sha vaziyatda to'p uning o'ng qo'liga tegmagan va 11 metrlik nuqtani ko'rsatish uchun hech qanday asos bo'lmagan. 



- 6 ochkolik uchrashuv haqida fikrlaringiz...

- Qarshida qiyin bo'lishini bilgan holda o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. To'g'ri takidlab o'tdingiz, bu 6 ochkolik bahs edi. Ijobiy natija qayd etish nasib qilmagan ekan, mag'lubiyatga uchradik. Hayot davom etadi. Oldinda o'yinlarimiz bor. Bo'lajak uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz.


- Hamma muhokama qilayotgan penalti bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritib bersangiz. O'sha vaziyatda nima ro'y berdi? Hakam sizga nimalar dedi? 

- Bosh hakam to'p o'ng qo'limga tekkanini qaerdan ko'rdi, o'zim ham hayronman. Masofa yaqin edi, to'p chap qo'limga (chap qo'l tanaga yopishib turgani sababli penaltiga asos bo'lmaydi – tahr.) va keyin qornimga tegib ketdi. Agar o'ng qo'limga tekkanida to'p yo'nalishi o'zgargan bo'lardi. Endi nima ham deymiz. Nimaga asoslanib, bunday qaror qabul qilishdi, bilmayman. Agar darvoza ortidagi kameradan ko'rishganida, balki hammasi yaqqol ko'ringan bo'lardi. 

Qizig'i, bosh hakam qanot hakamiga qarab ish qildi. VAR'ni nega buncha uzoq ko'rdi, hayronman. Endi hammasi ularning insofiga bog'liq.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика