So’nggi yangiliklar

06:40Суперлига. "Навбаҳор" йирик ҳисобда зафар қучди, "Пахтакор" ва "Динамо" эса ўйиннинг охирги дақиқаларида уч очкони қўлга киритди  0 02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  10 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  20 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42

Oybek Qilichev: Yozda Malayziyaga qaytsam kerak Yangiliklar

Oybek Qilichev: Yozda Malayziyaga qaytsam kerak

Xabaringiz bor, Toshkentning Paxtakor jamoasi OCHL guruh bosqichining 3-turida Eronning Traktorsozi jamoasini Igor Sergeevning yagona goli evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.

Ushbu g'alaba sherlarga pley-offga chiqish imkoniyatlarini qaytarib berdi. SHu kuni tajribali yarim himoyachi Oybek Qilichev ham jamoasi muvaffaqiyatiga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Etiborga molik jihati shundaki, Oybek o'z vaqtida Eron chempionatida to'p surgandi. Yaqinda Qilichevdan intervyu olib, uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Oybek, Paxtakor tarkibiga kech qo'shildingiz. Sizda mavsumni Malayziya chempionatida boshlash varianti ham bor edi. Nima sababdan bu o'tish amalga oshmay qoldi?

- Haqiqatan ham mavsumni Malayziyaning Perak klubida boshlashim kerak edi. Jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etib, yaxshi taassurot qoldirganimdan so'ng menga ikki yillik shartnoma taklif qilishgandi. O'tgan yili Eron chempionatida o'ynadim. Paykon oliy divizionni tark etgach, 3ta uchrashuvda maydonga tushib, so'ngra shartnomani bekor qildim. Bu yil Malayziyada yangi qonun qabul qilinibdi, unga ko'ra, elita jamoalari 1-ligadan kelgan futbolchilarga shartnoma taklif qilolmas ekanlar. Buni Perak bilan bitim tuzib bo'lganimizdan so'ng bildik. Hatto, klub rahbariyatining ham yangilikdan xabari yo'q ekan. Paxtakorga kech kelib qo'shilganimning sababi ham shu.

- Demak, sizda Perak klubiga qaytish imkoniyati bor. Zero, ayni payt oliy ligada o'ynayapsiz...


- Albatta. Og'zaki kelishuvga ko'ra, Paxtakor sharafini birinchi davra yakuniga qadar himoya qilaman. Iyun oyida esa Perak safiga borib qo'shilaman.


- Erondan ketishingizga nima sabab bo'ldi?

- Ochig'i, Paykon jamoasi juda yaxshi shakllangandi. Eron termasiga nomzod darvozabonimiz bor edi. Bundan tashqari, klubimizda Angliya va Braziliyadan kelgan legionerlar o'ynashayotgandi. Oliy divizionda qolishimizga bitta g'alaba etishmadi. Agar uch ochko qo'lga kiritilganida, balki hozir siz bilan bu mavzuda suhbatlashmayotgan bo'larmidik. Ikkinchi davrada ettita durang qayd etdik. Jamoamiz omadsizlik tufayligina birinchi ligaga tushib ketdi. SHunga qaramay, klub prezidenti jamoada qolishimni istadi. Maoshim miqdori o'zgarmasligini kafolatlashdi. Mavsum startidagi uchta o'yinda to'p surdim. Jamoamiz bu bahslarning hammasida yirik hisobda g'alaba qozondi. Birinchi liga yakunlariga ko'ra, 3ta klub elitaga yo'llanma olar ekan. Bir yillik tanaffusdan so'ng bemalol oliy ligaga qaytar edik. Lekin bu borada boshqa takliflar bo'lgani uchun Paykonni tark etishimga to'g'ri keldi.

- Xorij klublaridan taklif tushsa, Paxtakor rahbariyati sizni qo'yib yuboradimi?


- Ha, shartnoma bandida shunday kelishuv bor. Qancha vaqt o'ynashimdan qatiy nazar, Paxtakorning g'alabalariga hissa qo'shishni istayman. SHu maqsadda jonajon klubimga qaytdim.

- Paxtakorda o'z poziciyangizda o'ynayapsizmi yoki boshqa chiziqlarda ham sinab ko'rishyaptimi?


- Avvallari markaziy yarim himoya chizig'ida to'p surardim. Vaziyatga qarab chap va o'ng qanotga o'tishim mumkin. Ochig'i, menga qaerda o'ynashning far-qi yo'q. Murabbiylar ishonch bildirib, maydonga tushirishsa bo'lgani.

- Eron chempionatiga qanday tarif berasiz?


- Maydonning har bir qarichida kurash so'nggi soniyalargacha davom etadi. Klublarida jismoniy tayyorgarlik muhim omil sanaladi. Hakamlar mayda qoidabuzarliklarga etibor qaratishmaydi, behuda hushtak chalaverishmaydi. O'zimda ham shunday holatlar bo'lgan. Bizning chempionatda qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin bo'lgan vaziyatda menga hatto sariq kartochka ham berishmagandi. Bundan ajablanganman.


- Oybek, statistikaga etibor qaratsak, siz ko'p ogohlantirish olasiz. Tabiatan ham shunday qiziqqonmisiz?

- Menimcha, bu maydondagi holat bilan bog'liq bo'lsa kerak. O'zim istamagan holatda raqibga nisbatan qo'pollik ishlatib qo'yaman. Masalan, BAA chempionatida o'ynagan paytimda shu sariq kartochkalar sabab o'zim uchun juda muhim o'yinni o'tkazib yuborganman. Amirliklarda uchta ogohlantirish navbatdagi uchrashuvning o'tkazib yuborilishini anglatadi. Ikkita sarig'im borligini bila turib, Al-SHababga qarshi kechadigan o'yindan oldingi uchrashuvda yana ogohlantirish olganman. Vaholanki, bahs arafasida murabbiylar ehtiyotkorroq bo'lishim lozimligini uqtirishgandi. Maydondagi kurashda bu narsa esdan chiqib ketar ekan. Raqibga qo'pollik ishlatganimni sezmay qolganman.

- Malayziya chempionatida o'zbekistonlik futbolchilar soni ko'payib qoldi. Nima deb o'ylaysiz, vakillarimiz faqat moddiy manfaatni ustun qo'yishyaptimi yoki Malayziya chempionatidan nimanidir o'rganish mumkinmi?


- Moliyaviy tomondan yaxshi. Buni inkor etmaymiz. Lekin menimcha, futbolchilarimiz faqat pulni birinchi o'ringa qo'yishmayapti. Bu mamlakatda millionlar o'yinini juda yaxshi ko'rishadi. Hatto, o'rtoqlik o'yinlariga ham minglab tomoshabinlar tashrif buyurishadi. Bizda rasmiy uchrashuvlarga ham shuncha muxlis kelmaydi. Malayziya chempionatida o'sish katta. Klublarida Braziliya va boshqa davlatlar vakillari to'p surishyapti.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика