So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  0 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  1 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  10 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  18 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  33 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

Oxirgi ikki o'yinda yutqazgan “Navbahor” rahbariyatida o'zgarish yuz berdi Yangiliklar

Oxirgi ikki o'yinda yutqazgan “Navbahor” rahbariyatida o'zgarish yuz berdi

Teglar :  Navbahor
16 aprel kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohning anjumanlar zalida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Namangan viloyat hokimi, Namangan viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitbaevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, Namangan viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti Olimjon Botirovich Isaev, Namangan viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev, “Navbahor” PFK rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.

Yig'ilishni Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov olib borib, so'zni Namangan viloyat hokimi, Namangan viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitbaevich Bozarovga berdi. Xayrulla Hayitbaevich o'z so'zida Namangan ahli futbolga o'zgacha mehr qo'yganligi, “Navbahor” xalq jamoasi ekanligi, jamoada g'alabaga bo'lgan ruh kuchli bo'lishi, futbolchilar ahil bo'lishlari va bir maqsad yo'lida birlashishlari, joriy mavsumda jamoaning oldiga ulkan maqsadlar qo'yilganligi, “Navbahor” Yurtboshimiz va O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan ham qo'llab-quvvatlanayotganligi, “Markaziy” o'yingohning tomoshabinlar sig'imini kengaytirish yoki Namanganda yana bir yangi stadion barpo etish rejasi borligini takidladi.

Bundan tashqari, Xayrulla Bozarov mahalliy futbolchilar – jamoa sardori Dilshod Jabborov, shuningdek, darvozabon Botirali Ergashev, himoyachi Jahongir Mehmonov, yarim himoyachi Mirzohid G'ofurovlardan yanada ishtiyoq bilan o'ynash lozimligi, o'z ustilarida ko'proq ishlashlari, nazariy va amaliy mashg'ulotlarni kuchaytirish kerakligi, asosiysi, xalqning nazaridan qolmaslikni uqtirdi.

SHuningdek, Xayrulla Hayitbaevich “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovga ham jamoaning oldiga yuksak maqsadlar qo'yilganligi va unga bu borada ishonch bildirilganligi, bundan buyon o'z ishiga yanada masuliyat bilan yondoshishi lozimligini aytib o'tdi.

SHundan so'ng, tashkiliy masala ko'rildi. SHu kungacha “Navbahor” direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akramjon Dedabaev o'rniga Baxtiyor Melievich Boboev tayinlandi. Xayrulla Bozarov “Bunyodkor” jamoasini 5 marta chempion bo'lishida Baxtiyor Boboevning munosib hissasi borligini takidlab, “Navbahor”ning ham bu yil chempion bo'lishida unga omad yor bo'lishini tiladi.

SHundan so'ng, Baxtiyor Melievich so'zga chiqib, Xayrulla Bozarovga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, jamoaning oldiga qo'yilgan vazifani bajarish uchun qo'lidan kelganicha harakat qilishini takidladi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика