So’nggi yangiliklar

22:57СПЛ. "Ал Насср" – "Ал Ҳилол" 1:0 (матнли трансляция)  3 22:38Месси биринчи шартномасини имзолаган салфетка рекорд суммага сотилди  3 22:32Бангкокда ФИФАнинг навбатдаги Конгресси ўтказилди  1 22:18СПЛ. "Ал Насср" – "Ал Ҳилол". Марказий учрашувнинг бошланғич таркиблари аниқ!  2 22:00"Барса"дан ҳайдалиши айтилаётган Хавининг ҳеч нарсадан хабари йўқлиги маълум бўлди  5 21:20Расман: “Ювентус” Аллегрини истеъфога чиқарди!  7 21:05АПЛ клуби бош мураббийи: "ВАР бекор қилинса, жуда хурсанд бўламан"  10 20:40Рис Жеймс АПЛнинг 4 та ўйинига дисквалификация қилинди  0 20:15Максим Шацких "йил жанги"да кимга мухлислик қилади?  17 19:53Про лига. "Дўстлик" кетма-кет 8-мағлубиятини "Арал"дан қабул қилиб олди, "Олимпик-MobiUz" мавсумдаги иккинчи ғалабасини Хоразмда қўлга киритди  6 19:28ПСЖ футболчисининг хизматларини Италиянинг 2 клубига таклиф қилди  0 19:00"Реал" Мбаппенинг тақдимотига тайёрланмоқда  7 18:33"Ливерпуль" икки футболчисининг кетишини эълон қилди  4 18:07Иско оёғи сингани сабабли Евро-2024 мусобақасини ўтказиб юбориши мумкин  0 17:40Нидерландия терма жамоаси Евро-2024 учун таркибини эълон қилди  5

Oxirgi 7 yilda qoraqalpog'istonlik futbolchilar oliy ligada nechta gol urishdi? Yangiliklar

Oxirgi 7 yilda qoraqalpog'istonlik futbolchilar oliy ligada nechta gol urishdi?

Qoraqalpog'iston jamoasi 16 yildan buyon Oliy ligada ishtirok etmayotgan bo'lsalar ham, oxirgi yillarda qoraqalpog'istonlik futbolchilar chmepionatda o'z o'rinlariga ega bo'lishmoqda.

Biz so'nggi 7 yilda Oliy ligada gol urgan qoraqalpog'istonlik futbolchilar haqida to'xtalib o'tishni joiz deb topdik.

6. Navro'z Xaipov. 12 o'yin – 2 gol
O'ynagan jamoasi: “Obod” (12-2)

Xaipov 2017 yilning birinchi davrasini Toshkentning “Obod” jamoasida o'tkazib 12 uchrashuvda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Etiborga molik jihati u Oliy ligadagi debyut o'yinida ‘Navbahor”ga qarshi safardagi o'yinning 90 daqiqasida gol urgan edi. U chempionatning 2-turida “Qo'qon-1912” jamoasi darvozasiga ham aniq yo'l topdi. Afsuski Oliy ligadagi dastlabki 2 o'yinda ham gol urgan futbolchi, keyingi 10 ta uchrashuvda birorta ham gol ura olmay, yana Nukus jamoasiga qaytishga majbur bo'ldi.

5. Oybek Nurboev. 110 o'yin – 4 gol
O'ynagan jamoalari: “Neftchi” (60-3), “Dinamo” (10-0), “Buxoro” (21-1), “Qo'qon-1912” (13-0), “Olmaliq” (6-0).
Nurboev 2010-2013 yillar davomida “Neftchi” libosida chempionatda ikkita gol urdi. Undan jabr ko'rgan jamoalar “Navbahor” va “Qizilqum”dir. 2013 yilning ikkinchi davrasida “Dinamo”da o'ynab gol ura olmagadi. Keyingi mavsumda esa “Buxoro” tarkibida “Lokomotiv”ga, 2014 yilning birinchi yarmida “Neftchi” libosida “Dinamo”ga gol urishga muvaffaq bo'ldi. Oybek himoyachi bo'lishiga qaramay o'z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo'yganini alohida takidlab o'tish joiz.

4. Azamat Babajanov. 110 o'yin – 5 gol
O'ynagan jamoalari: “Mashal” (9-0), “Buxoro” (9-0), “Qizilqum” (34-1), “Dinamo” (45-4), “Navbahor” (4-0), “Andijon” (7-0)
Babajanov 2010 yildan beri Oliy liga jamoalarida to'p surib kelmoqda. Azamat Oliy ligadagi ilk golini 2013 yili “Qizilqum” safida “Neftchi”ga qarshi o'yinda nishonlagan. SHundan so'ng u “Dinamo” tarkibida ketma-ket ikkita omadli mavsumni o'tkazdi. Yarim himoyachi ana shu mavsumlarda ikkitadan gol kiritdi. Babajanov shu paytgacha Oliy ligada 6 ta jamoada to'p surgan bo'lsa, shularning faqat ikkitasida gol urgan.



3. Navro'z Alimov. 56 o'yin – 7 gol
O'ynagan jamoalari: “Qizilqum” (46-7), “Paxtakor” (2-0), “Qo'qon-1912” (8-0)
Alimov 2013 va 2014 yilgi mavsumlarda “Qizilqum” libosida chempionatda 2 tadan gol urdi. 2015 yilda “Paxtakor”ga o'tib ketgan hujumchining ishlari yurishmadi. Poytaxt jamoasida zaxirada o'tirib qolgan Navro'z mavsumning ikkinchi qismida yana Navoiy jamoasiga qaytib keldi va bu erda yarim yilda uchta golga mualliflik qildi. 2016 yilning birinchi davrasini “Qo'qon-1912”da o'tkazgan Alimov 8 o'yinda birorta ham gol ura olmadi. SHundan so'ng futbolchi jarohatlar girdobiga tushib qoldi va Oliy ligada boshqa ko'rinish bermadi.

2. Salamat Qutibaev. 110 o'yin – 13 gol
O'ynagan jamoalari: “Mashal” (25-1), “So'g'diyona” (8-0), “Olmaliq” (26-5), “Buxoro” (43-6), “Lokomotiv” (8-1)
Qutibaev 2010 va 2014 yillarda “Mashal” tarkibida bir gol kiritdi. Uning Oliy ligadagi debyut goli “Neftchi” darvozasiga urildi. 2014 yilning ikkinchi yarmida “So'g'diyona”da harakat qilib, o'z hisobiga gol yozdirib qo'ya olmadi. Keyingi ikki mavsumda Salamat “Olmaliq” va “Buxoro”da beshtadan golga mualliflik qildi. 2017 yilning birinchi yarmida “Lokomotiv”da va ikkinchi davrada “Buxoro”da bitta gol kiritdi. Yarim himoyachining oxirgi 6 mavsumda Oliy ligada urgan gollari soni 13 tani tashkil etmoqda.

1. Azamat Allaniyazov. 98 o'yin – 27 gol
O'ynagan jamoalari: “Nasaf” (72-23), “Qizilqum” (14-2), “Buxoro” (12-2)
Allaniyazov 2011 yildan 2016 yilga qadar Qarshining “Nasaf” jamoasi uchun chempionatda 23 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Azamat shundan so'ng “Qizilqum” va “Buxoro”da yarim mavsumdan to'p surib, har ikkala jamoa libosida ham ikkitadan golga mualliflik qildi. 2013 yili hujumchi 11 ta gol urib, o'zining shaxsiy rekordini o'rnatdi.

BONUS
Damir Nizanov. 12 o'yin – 0 gol
O'ynagan jamoalari: “Neftchi” (0-0), “Dinamo” (12-0)
Nizanov 2016 yili “Neftchi” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Biroq unga Oliy liga o'yinlarida maydonga tushish nasib etmadi. Damir 2017 yilda Samarqandning ‘Dinamo” jamoasiga yo'l oldi va bu jamoada 8 ta o'yinda ishtirok etdi. U hozirgacha Oliy ligada gol kiritmadi.


Furqat Yusupov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика