“Ovozingizni o'chiring! Siz futbolni tushunmaysiz”
28 apr 2019 09:49
Yangiliklar


“Ovozingizni o'chiring! Siz futbolni tushunmaysiz”
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A seriyasining 34-turida “Inter”ga (1:1) qarshi bahsdan keyin Sky Sport Italia muxbirlari bilan janjallashib qoldi.
51 yoshli mutaxassisga “Inter”ning sobiq futbolchisi Daniel Adanining uning taktikasini Evrokuboklarda samara keltirmayotganini tanqid qilgani yoqmadi.
“Ayaks”ga qarshi bahsda biz qarshi hujumlardan aziyat chekdik, o'yin uslubidan emas. Raqib ajoyib o'yin ko'rsatdi. Amsterdamda yaxshi o'yin ko'rsatgandik. “Inter” bilan o'yin haqida ham shunday deyish mumkin.
Italiyada hamma futbol eskpertiga aylandi. Bu jiddiy muammo. Endi ovozingizni o'chiring. Endi men gapiraman. CHunki sizlar futbolda hech narsani tushunmaysizlar. Stolga o'tirib, kitob o'qib, ammo sport taktikasi haqida hech qanday bilimga ega emassizlar. Men oltita Skudettoni qo'lga kiritdim”, dedi Allegri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar