Ouen MYUni keskin tanqid qildi
30 sen 2018 12:44
Yangiliklar
Ouen MYUni keskin tanqid qildi
Angliya termasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen "Manchester Yunayted"ning o'yinlariga baho berdi.
Mankunianliklarning sobiq azosi ayni damda BT Sport kanalida ekspert bo'lib ishlamoqda.
"MYU o'rtacha saviyada o'yin namoyish qilmoqda. Mourino jamoada o'zgartirgan jihat - futbolchilarning sotib olinishi. U APLning so'nggi 3-4 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi Aleksisni sotib oldi. U jamoaga o'tganidan keyin o'rtacha darajada o'yin ko'rsatmoqda. JCHda, "Yuventus"da top-futbolchi bo'lgan Pogba ham MYUda o'rtacha futbolchi.
Hujumkor futbolchilar Mourino qo'l ostida o'sishga erishmadi yoki yomonroq o'yin ko'rsatishmoqda. Uning davrida hech kim o'smayapti. U faqatgina himoyachilarga etibor bermoqda. Agarda voqealar shunday davom etsa, MYU hech qaerga bormaydi", - dedi Ouen.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar