Ouen: "Manchester Siti" ko'p gol uradi va "Tottenxem"ni mag'lub etadi"
18 okt 2014 15:22
Yangiliklar


Ouen: "Manchester Siti" ko'p gol uradi va "Tottenxem"ni mag'lub etadi"
"Liverpul", "Real", "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maykl Ouen ingliz Premer-ligasining sakkizinchi turidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Tottenxem" o'rtasida bo'ladigan uchrashuvdan kutayotganlarini so'zlab berdi.
"Manchester Siti"ni seshanbada CSKA bilan juda muhim o'yin kutib turgan bo'lsada, "Siti"ning maydonida ularga qarshilik qilish qiyin. "SHaharliklar" "Tottenxem" bilan so'nggi uchrashuvlarning ettitasida oltita g'alabaga erishgan va bu uchrashuvlarda 22 marta gol urishgan. SHunday ekan, "Siti"dan ko'p gol kutyapman va ular "Tottenxem"ni mag'lub etadi" - deydi futbolchi.
Bugun "Etixad - Siti of Manchester" stadionida bo'lib o'tadigan "Manchester Siti" va "Tottenxem" o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanadi.

Fikrlar