So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  232 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

O'tmishini unutmagan hujumchi Yangiliklar

O'tmishini unutmagan hujumchi

Teglar :  Vedad Ibishevich
Vedad Ibishevich singlisi va o'zi uchun onasi tomonidan qazigan chuqurchani yaxshi eslaydi.

CHuqurligi yarim metrdan sal ko'proq bo'lgan, yostiq va adyol bilan jihozlangan inshoot ko'proq qabrga o'xshasada, aslida tasodifiy o'limdan qochish uchun mo'ljallangandi. Mirsada Ibishevich choh qaziyotgan pallada 7 yoshli Vedad 3 yoshli singlisini ovutib o'tirardi. CHunonchi, agar qizcha yig'lab qolgudek bo'lsa, ko'chada izg'ib yurgan serbiyalik askarlar ularni sezib qolishlari mumkin edi. Vedad va uning yaqinlari baxtiga falokat yuz bermaydi - ular omon qolishadi. Futbolchi o'sha kunni haligacha unutgan emas...

Ammo 1992-1995 yillarda bo'lib o'tgan urush Ibishevichlar xonadonini ham chetlab o'tmaydi. Onasining qishlog'ida 11 kishi jangarilar qurboniga aylanadi, jumladan, Vedadning bobosi ham. Otasining qishlog'ini esa butunlay yoqib yuborishadi. Ibishevichlar urushdan omon qolish maqsadida Bosniyaning Tuzlan kantoniga ko'chib o'tishadi, o'z hovlilari kalitini esa serbiyalik askarlarga topshirishadi. Qochoqlar lageri ular uchun yangi qarorgohga aylanadi. Vedad aynan shu erda bolalar murabbiyi Nezvet Hasanbashichni uchratadi. Mutaxassis darhol bolakay qachondir professional futbolchi darajasiga ko'tarilishini bashorat qiladi. U bir kuni ilhombaxsh qo'shiqlar yozilgan  kassetani Vedadga sovg'a sifatida berib, muqovasiga quyidagi so'zlarni bitib qo'yadi: Ishonchim komil, sen muvaffaqiyat qozonish uchun dunyoga kelgansan! Albatta, Ibishevichning tez orada taniqli yulduzga aylanishi aslida Hasanbashichning xayoliga ham kelmagandi. U shunchaki, ko'ngli o'ksik bolakaylarga dalda berardi, futbol bilan shug'ullanish asnosida urush jarohatlarini vaqtincha unutishlarini istardi.

Tuzlanda 7 yil davomida durustroq tirikchilik manbaini topolmagan katta Ibishevich Bosniyadan ketishga qaror qiladi. Xullas, u bola-chaqalarini o'z ortidan ergashtirib, SHveycariyaga yo'l oladi. Biroq yangi qo'nimgohda ham umumiy vaziyat o'zgarmaydi - yana o'sha qochoqlar lageri, moliyaviy tanglik... Vedad 16 yoshga to'lganida esa, oilasi bilan AQSHdagi uzoq qarindoshlarinikiga yo'l oladi. Ibishevichlar qo'nim topgan Sent-Luis shahrining Bevo-Mill kvartali bosniyalik muhojirlarning Evropa tashqarisidagi eng yirik qarorgohlari edi.

Ibishevich keyinchalik Sent-Luis universitetida eng mohir sokkerchi sifatida dong taratadi. Deyarli har bir bellashuvni golsiz tark etmaydigan bosniyalik yigit shu tariqa mashhur murabbiy Vohid Xalilxojich etiborini tortadi. O'sha vaqt PSJga ustozlik qilgan bosniyalik mutaxassis vatandoshini Parijga taklif etishni paysalga solmaydi. Ammo Franciya grandi safida Vedadning omadi chopmaydi. U asosan Dijonda ijara kelishuvi asosida o'ynash bilan cheklanadi. SHundan so'ng Alemaniya bilan shartnoma tuzib, Germaniyada to'p sura boshlaydi. Bu jamoa elitani tark etgach, bosniyalik hujumchi Xoffenxaymga o'tadi. Buni qarangki, 2008|2009 yillar mavsumining birinchi yarmi evropalik muxlislarga chinakam sensaciya taqdim etadi: Xoffenxaym Germaniyaning qishki chempioni bo'ladi, Ibishevich esa 17ta uchrashuvda 18ta gol uradi! SHundan keyin Vedadning Gerd Myuller rekordi (40ta gol)ni yangilashi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar avjiga chiqadi. Germaniyalik afsonaviy to'purar ham bosniyalikning mahoratiga yuksak baho bergandi: Gol hidini yaxshi sezadigan hujumchi ahyon-ahyonda tug'iladi. Bu fazilatga mashqlar yordamida erishib bo'lmaydi. Har kuni 24 soatdan shug'ullanib ham, golli vaziyatlarni payqash xislatini yuksak darajaga ko'tarishning iloji yo'q Buning uchun tug'ma iqtidor zarur! Ibishevichning Myullerdan o'zib ketishiga ikkinchi davrada orttirgan jarohati imkon bermaydi. Vedadga shundan keyin har bir uchrashuvda gol urish nasib etmayotgan bo'lsada, uning o'z vazifasini risoladagidek ado qilayotgani aniq. Zero, faoliyati davomida 340ta o'yin-da darvozabonlarni129 marta dog'da qoldirdi. Vedad xususan, 2013 yilning 15 oktyabrida o'ta muhim golga mualliflik qilib, Bosniya terma jamoasini JCH-2014 turniriga olib chiqdi. SHu tariqa Hasanbashichning audiokasseta ustiga yozib qo'ygan tilagi ro'yobga chiqdi.

Berlindagi Tempelxof aeroporti tarixiy inshoot. U avvaliga prussiyaliklar, keyinchalik nemis qo'shinlari jangovar mashqlarni o'tkazgan maydonda qad rostlagan. 1927 yili bunyod etilgan aeroport terminali esa o'z vaqtida sayyoramizning eng yirik 20ta inshooti ro'yxatidan joy olgandi. Lekin uchish-qo'nish yo'lakchasining qisqaligi tufayli aeroport 2008 yili butunlay yopib qo'yildi. Hozir bu er Germaniyadagi eng yirik qochoqlar lageriga aylangan. Ibishevich yaqinda shu lager hisobiga 50000 evro xayriya qildi. O'zi anchadan buyon qochoqlarga yordam berishni o'ylab yurardim. CHunki bunday qiyinchiliklarni boshimdan kechirganman. Germaniyaga kelgan muhojirlar begona o'lkada malum qiyinchiliklarga duch kelishlari aniq. SHu sababli, ularga yordam qo'lini cho'zmoqchiman, - dedi hozirda Gerta safida to'p surayotgan hujumchi. Ha, Ibishevich o'z o'tmishini unutgan emas va uning insoniylik fazilatlarini alohida maqtasak arziydi.

J.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика