Kechagi kun qahramonlari. FOTO
13 dek 2015 12:30
Yangiliklar
Kechagi kun qahramonlari. FOTO
Biz kecha o'zini ko'rsatgan qahramonlar bilan tanishtiramiz.

"Manchester Siti" - "Suonsi" 2:1
Qahramon: Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida mehmonlar hisobni tenglashtirganida barcha "Siti" yana yuta olmaydi deb o'ylay boshladi. Biroq Yaya Turening ajoyib zarbasidan so'ng "shaharliklar" g'alabaga erishishdi.

"Bornmut" - "Manchester Yunayted" 2:1
Qahramon: O'tgan turda "CHelsi"ni taslim qilgan "Bornmut" bu safar MYUni taslim qildi. O'yindagi hisobni Junior Stanislas ochdi. U burchak to'pidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi va De Xeani ojiz qoldirdi.

"Darmshtadt" - "Gerta" 0:4
Qahramon: Tajribali Vedad Ibishevich bu turda "Darmshtadt" bilan bahsda dublga erishdi va Salomon Kaluga golli pas oshirdi.

"Bayer" - "Borussiya M" 5:0
Qahramon: Kun qahramoni meksikalik Xaver Ernandes bo'ldi. CHicharito o'tgan turda "Bavariya"ni taslim qilgan Menxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan bahsda 13 daqiqa ichida 3ta gol urishga erishdi.

"Udineze" - "Inter" 0:4
Qahramon: Argentinalik Mauro Ikardi "Udineze" bilan bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi.

"Barselona" - "Deportivo" 2:2
Qahramon: "Barselona" bu turda ham yuta olmadi. Bunda "Deportivo" yarim himoyachisi Lukas Peresning xissasi katta bo'ldi. U jamoasi 0:2 hisobida yutqazayotganida gol urib hisobni qisqartirdi. So'nggi daqiqalarda esa uning pasidan so'ng Alexandro Bergantinos to'p kiritib hisobni tenglashtirdi - 2:2.

"Sevilya" - "Sporting X" 2:0
Qahramon: Mezbonlar hujumchisi Kevin Gameyro zaxiradan maydonga tushib dubl rasmiylashtirishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar