So’nggi yangiliklar

21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  0 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8

OTJning Osiyo chempionatiga boradigan yakuniy tarkibi haqida - SHahboz Beg'amov Yangiliklar

OTJning Osiyo chempionatiga boradigan yakuniy tarkibi haqida - SHahboz Beg'amov

O'zbekiston OTJ azosi hisoblangan, lekin yakuniy tarkibga kirmagan futbolchilar: Umid Ergashev, Husniddin G'ofurov, Oston O'runov va Islom Rashidxonov.

Menimcha, ortiqcha savol yoki etirozga o'rin yo'q. O'runovning o'yinida pasayish kuzatilgan bo'lsa, G'ofurov ayni damda tayanch zonasida o'ynayotgan yoki himoya markazida o'ynashi mumkin bo'lgan raqobatchilaridan yaxshiroq formada emas. Bugun «Nasaf»dan «Navbahor»ga o'tgan Rashidxonov esa o'tgan mavsum qarshiliklar safidagi o'rnini yo'qotib qo'ygandi.

SHuni qo'shimcha qilish kerakki, aslida o'tgan mavsumda «Nasaf»ning asosiy kiperi va OTJda birinchi raqamli posbon sanalgan Umid Ergashev jiddiy jarohati bois mavsumni katta qismini o'tkazib yubordi va qita chempionatiga qadar tiklanishga ulgurmadi.

Malumot o'rnida:

Tailandda o'tadigan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga boradigan O'zbekiston OTJ tarkibidagi 6 nafar futbolchilar — Islom Qobilov, Xojiakbar Alijonov, Oybek Rustamov, Aziz G'aniev, Jasur Yaxshiboev va Bobir Abdixoliqov musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi.

Ularda ikki karra chempionlikni rasmiylashtirib, ikki karra tarixdan muqim o'rin olish imkoniyati mavjud.

SHuningdek, o'tgan galgi chempion tarkibimizda bo'lgan va bo'lajak musobaqada o'ynashi mumkin bo'lgan — Husniddin G'ofurov va Suhrob Nurulloev bu galgi jamoa tarkibiga loyiq ko'rilmadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика